Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/05 00:00 Real Madrid 2-1 Bavariya
10/05 23:45 Frozinone - Inter
11/05 00:00 Nissa - Gavr
11/05 00:00 Brest - Reyms
11/05 00:00 Alaves - Jirona
11/05 16:30 Fulhem - Manchester Siti
11/05 17:00 Malyorka - Las-Palmas
11/05 19:00 Vulverhempton - Kristal Pelas
11/05 19:00 Bornmut - Brentford
11/05 19:00 Everton - Sheffild Yunayted
11/05 19:00 Nyukasl - Brayton
11/05 19:00 Tottenhem - Byornli
11/05 19:00 Vest Xem - Luton
11/05 19:15 Vilyarreal - Sevilya
11/05 21:00 Napoli - Bolonya
11/05 21:30 Nottingem Forest - Chelsi
11/05 21:30 Granada - Real Madrid
11/05 23:45 Milan - Kalyari
12/05 00:00 Atletik Bilbao - Osasuna

“Navbahor” va “Roma”: manfaatli hamkorlik ibtidosi

“Navbahor” va “Roma”: manfaatli hamkorlik ibtidosi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Bugun sport tadbirlarini tashkil etish, menejment, marketing kabi bir qator yo‘nalishlarda dunyoning yetakchilaridan hisoblangan “International Management Group” kompaniyasi va Italiyaning “Roma” klubi vakili Karlos Perez Namangan shahri Davlatobod tumanidagi “Markaziy” stadioniga tashrif buyurib, “Navbahor” PFK prezidenti Otabek Samatov bilan uchrashdi.

- Meni Namanganda juda iliq kutib olishganidan bag‘oyat xursandman. O‘zimni xuddi qirollardek his qilyapman. Bu yerda viloyat hokimi rahnamoligida futbolga katta e’tibor qaratilayotganiga guvoh bo‘ldim. Taassurotlar ajoyib, - dedi Karlos Perez. So‘ngra xorijlik mehmon “Navbahor” klubi faoliyati bilan yaqindan tanishmoqchiligini ta’kidlab, jamoaning kelgusidagi rejalari bilan ham qiziqdi.

- “Navbahor” mamlakatimizning katta nufuzga ega, eng ko‘p muhokama qilinadigan jamoalaridan biri hisoblanadi. Klubimiz futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy chempionati elitasida muntazam qatnashib kelayotgan ikki klubdan biridir. Qolaversa, jamoamiz muxlislar tashrifi bo‘yicha ham doimo yetakchilik qilib keladi, ko‘p ming sonli fidoyi ishqibozlarga ega. Jamoamiz 2022 yil uchun ulkan rejalar tuzgan. Namangan viloyati hokimi, viloyat futbol assosiasiyasi prezidenti Shavkat Shokirjanovich Abdurazzaqov boshchiligida “Navbahor”ning shonli davrini tiklash, jamoaning o‘z yo‘nalishiga ega bo‘lishini ta’minlash, eng asosiysi, viloyatimizdagi futbol akademiyasi bilan birgalikda ishlab, asosiy jamoamiz va o‘zbek futboliga yangi iqtidorlarni tarbiyalab berishni ustuvor vazifa sifatida belgilaganmiz, bu borada katta ishlar amalga oshirilmoqda. Shu maqsadda mamlakatimizning eng tajribali mutaxassislaridan hisoblangan Samvel Babayan “Navbahor” bosh murabbiyi etib tayinlandi, jamoa tarkibi mahoratli va tajribali futbolchilar hisobiga kuchaytirilmoqda. Ushbu jarayonga Shavkat Shokirjanovichning o‘zlari bosh-qosh bo‘lib, klubimizni har tomonlama qo‘llab-quvvatlamoqdalar, - deya ma’lumot berdi Otabek Arifovich.

Shuningdek, “Navbahor” PFK prezidenti uchrashuv davomida klubda marketing masalalari bo‘yicha alohida rejalar tuzilgani, bu borada IMG hamda “Roma” klubi bilan o‘rnatiladigan hamkorlik har tomonlama foydali bo‘lishini ta’kidladi. Xususan, “Navbahor” brendini rivojlantirish, Namangandan yetishib chiqayotgan iqtidorli futbolchilar, murabbiylar hamda marketing bo‘yicha mutaxassislarning Yevropada yuqori nufuzga ega bo‘lgan “Roma” klubida malaka oshirishlari va o‘zaro tajriba almashishlarini ta’minlash, ushbu tajribani o‘zbek futboliga tatbiq etish bu borada eng ustuvor vazifaga aylanishi kerakligini bildirdi.

Shundan so‘ng, Karlos Perez “Navbahor” PFK rahbariyati hamrohligida “Markaziy” stadionida sport tadbirlari tashkil etish, futbolchilarning mashg‘ulotlar va rasmiy o‘yinlarni o‘tkazishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Ma’lumki, Namangandagi “Markaziy” stadioni maydoni mamlakatimizda eng sifatli chimga ega maydonlardan biri hisoblanadi. Bu yerda nafaqat Superliga va O‘zbekiston kubogi bellashuvlari, balki xalqaro uchrashuvlarni ham yuqori saviyada o‘tkazish uchun barcha sharoitlar mavjud. 2021 yilda O‘zbekiston milliy jamoasining Gana termasi bilan o‘rtoqlik o‘yini aynan Namangandagi arenada o‘tkazilgani ham fikrimizga yaqqol dalil bo‘la oladi.

Otabek Arifovich “Navbahor” Osiyo Chempionlar Ligasida qatnashish imkoniyatini qo‘lga kiritsa, arenadagi o‘rindiqlar soni ko‘paytirilishi, ya’ni qo‘shimcha tribunalar barpo etilishi rejalashtirilayotgani, bu borada loyiha ham tayyorligini qo‘shimcha qildi.

- Namanganda viloyat hokimi rahnamoligida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotgani, futbol rivoji yo‘lida qilinayotgan ishlar menda katta taassurot qoldirdi. Kelgusida mazkur hamkorlik doirasida yosh futbolchilar o‘rtasida xalqaro turnir tashkil etilsa, maqsadga muvofiq bo‘lardi. Biz bu kabi istiqbolli loyihalarni birgalikda amalga oshirishga hamisha tayyormiz, - dedi Karlos Perez.

Uchrashuv yakunida xorijlik mehmonga “Navbahor” klubi logotipi tushirilgan esdalik sovg‘alari topshirildi.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Kiritildi: 21:43, 19.01.2022.
O'qildi: 3443 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.