Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/11 05:00 Urugvay - Kolumbiya
14/11 05:00 Peru - Chili
14/11 14:10 Avstraliya 0-0 Saudiya Arabistoni
14/11 17:00 KXDR 2-3 Eron
14/11 19:00 Bahrayn 0-1 Xitoy
14/11 19:00 Kuvayt 1-3 Janubiy Koreya
14/11 21:00 Ummon 1-0 Falastin
14/11 21:15 Iroq 0-0 Iordaniya
14/11 21:15 Qatar 3-2 O‘zbekiston
14/11 21:15 BAA 3-0 Qirg‘iziston
15/11 02:00 Venesuela 1-1 Braziliya
15/11 04:30 Paragvay 2-1 Argentina
15/11 05:00 Ekvador 4-0 Boliviya
15/11 17:00 Indoneziya - Yaponiya

Boks: O‘zbekistonda boshlanadigan U-22 Osiyo chempionatiga Qozog‘iston va Xitoy sportchilari ishtirok etmaydi

Boks: O‘zbekistonda boshlanadigan U-22 Osiyo chempionatiga Qozog‘iston va Xitoy sportchilari ishtirok etmaydi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Xabaringiz bor, joriy yilning 20-30 yanvar kunlari poytaxtimiz Toshkentda boks bo‘yicha 22 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasida Osiyo chempionati o‘tkaziladi. Tarixda ilk marotaba tashkil etilayotgan ushbu musobaqada qit’amizning 15ga yaqin mamlakatidan 150 nafardan ziyod yosh va umidli bokschilar g‘oliblik uchun bahs olib borishi kutilmoqda. Hozirda musobaqa o‘tadigan «Universal» sport majmuasida tayyorgarlik ishlari qizg‘in davom etayapti.

U-22 Osiyo chempionati rasman 22 yanvar kuni soat 17:00da ochiladi. Ochilish marosimi tantanalaridan so‘ng soat 18:00dan dastlabki janglar boshlanadi. Shu kuni soat 11:00da poytaxtimizdagi «Hilton» mehmonxonasida musobaqa oldidan matbuot anjumani ham tashkil etiladi. Unda tashkilotchilar, xususan Osiyo boks federasiyasi mas’ullari ham ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Ushbu nufuzli musobaqaga O‘zbekiston erkaklar terma jamoasini tajribali mutaxassis To‘lqin Qilichev boshchiligidagi murabbiylar shtabi tayyorlagan bo‘lsa, qizlarimiz Lochin Qo‘chqorov va Elshod Rasulov qo‘l ostida tayyorgarlik ko‘rishdi. Biroq, pandemik vaziyat tufayli terma jamoamizning yakuniy tarkibi haligacha aniq bo‘lgani yo‘q.

Oldinroq Osiyo chempionatida qit’amizning 20ga yaqin davlatidan 200 nafarga yaqin charm qo‘lqop ustalari qatnashishi kutilayotgan edi. Ammo, so‘nggi vaqtlarda butun dunyoda pandemik vaziyat yana jiddiy tus olganligi va kasallanish holatlari tobora ortib borayotganligi bois bir qator mamlakatlar ushbu musobaqada qatnasholmasligini ma’lum qildi. Ular qatorida Osiyo boksida yetakchilardan sanaladigan Qozog‘iston, Tailand, Xitoy, Hindiston, Filippin singari davlatlar o‘rin olgan. Biroq, bu holat musobaqa nufuziga aslo ta’sir qilmaydi, zero Toshkentda o‘tadigan qit’a chempionatida Yaponiya, Mo‘g‘uliston, Saudiya Arabistoni, Qatar, Malayziya, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston singari 10dan ortiq davlatlardan yosh va iste’dodli bokschilar g‘oliblik uchun ringga tushadi.

Musobaqada erkaklar 13ta vazn toifasida, qizlar esa 12ta vaznda jang qilishadi. Mazkur chempionat qat’iy karantin qoidalari asosida o‘tkaziladi va unga bemalol tomoshabinlar ham kirishi mumkin.

Manba: minsport.uz
Kiritildi: 12:26, 20.01.2022.
O'qildi: 1455 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.