Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis

Konte: "Oxirgi yillarda ancha orqada qoldik"

Konte: "Oxirgi yillarda ancha orqada qoldik"

Baho:
+ | -

Londonning «Tottenxem» klubi bosh murabbiyi Antonio Konte APL doirasida «Chelsi» (0:2) jamoasidan qabul qilib olingan mag‘lubiyat haqida fikr bildirdi.

«Hozir ushbu mavzuda gapirish uchun noto‘g‘ri vaziyat. Men nima haqida o‘ylayotganimni klub juda yaxshi tushunadi. Bitta transfer oynasida bo‘shliqni yopish oson emas. Oxirgi yillarda ancha orqada qoldik. Qisqa muddat ichida vaziyatni o‘nglab olish oson emas.

Men bor e’tiborimni oxirigacha ishlashga qaratganman. Vaziyatni to‘g‘rilash va bor kuchimizni sarf qilish uchun to‘rt oy vaqtimiz bor. Ammo, hozirgi transfer oynasida hamma narsani o‘nglab yuboramiz deb o‘ylasak, xato qilayotgan bo‘lamiz. Buning uchun yillar kerak. Boshlash vaqti keldi.

Futbolchilarni sotib yuborish yoki ijaraga berib yuborish qiyin narsa. Keyin mos keladigan futbolchi topish kerak bo‘ladi. Bu jarayonni boshlash kerak, lekin buning uchun ko‘plab yillar kerak bo‘ladi. Oson bo‘lmasligi aniq. Men rahbariyat bilan gaplashdim va men bu ishda to‘liq ishtirok etaman. Men maydondagi vaziyatni yaxshilamoqchiman.

Men «Tottenxem»dagi vaqtimdan zavq olyapman. Yaxshi natijaga erishish uchun to‘rt oy vaqt bor. Jamoaning qilayotgan harakatlaridan faxrlanaman. Gohida 100 foiz kuchingizni sarf qilsangiz ham, bu kamlik qilishi mumkin», – dedi Konte.

Kiritildi: 00:35, 24.01.2022.
O'qildi: 794 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик