Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

APLda g‘alati tur

APLda g‘alati tur

Baho:
+ | -

Angliya premyer-ligasining 23-turi yakuniga yetdi. Doimgidek u voqealarga boy bo‘lib, London derbisi misolida markaziy o‘yin, "Manchester Siti" ijrosida kutilmagan natija, "Manchester Yunayted" ishtirokida so‘nggi daqiqadagi g‘alaba kabi yorqin ranglarni o‘z ichiga oldi.

Biroq, bu turda meni boshqa xil voqealar o‘ziga jalb qildi. Bular — uchrashuv vaqtida o‘chib qolgan yorug‘lik machtasi (projektor), o‘yin vaqti stadion uzra uchgan noma’lum dron, "teshilib" qolgan darvoza to‘ri. Barchasiga bir-birma bir to‘xtalaman.

"Uotford" - "Norvich" bahsining 61-daqiqasida "Vikarij Roud" stadionidagi projektorlardan birida nosozlik yuzaga kelib, yorug‘lik o‘chib qoldi. Angliya futboli uchun noyob hodisa. O‘yin o‘z-o‘zidan to‘xtatildi. Futbolchilar-ku mavjud yorug‘likda ham bemalol yugura olardilar, ammo bu o‘yingohdagi va ekran qarshisidagi muxlislar uchun noqulaylik tug‘dirar edi. Axir, tasvir sifati degan gaplar bor. Inglizlar esa deyarli mukammal imijga zarar berishni aslo istashmaydi. Avvaliga stadion suhandoni hatto uchrashuv butunlay to‘xtalishi haqida e’lon ham qildi. Biroq, oradan 12 daqiqa o‘tgach so‘nggan projektorda yorug‘liq qisman tiklandi. Hakam nihoyat uchrashuvni davom ettirishga ruhsat berdi.

"Vulverhempton" - "Brentford" (2:1) o‘yinda esa to‘xtalish yanada kattaroq bo‘ldi. Sabab ham yanada yanada noyob. Birinchi taymning ikkinchi qismida stadion uzra noma’lum uchuvchi jism paydo bo‘ldi. Masofadan boshqariladigan dron ekani ko‘rinib turgan jismni hakamlar ham payqagach o‘yin to‘xtatildi. Va bu to‘liq reglament asosida qabul qilingan qaror edi. Qoidaga ko‘ra, bunday holat yuz bersa hakam o‘yinni to‘xtatishga haqli, boisi bu kabi dronlardan qurol sifatida foydalanish mumkin va futbolchilar hamda muxlislar xavfsizligi nuqtai nazaridan uchrashuv to‘xtatiladi. Orada dron ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi. Futbolchilar maydonda qayta mashg‘ulot o‘tkaza boshladilar. Masala ijobiy hal bo‘lib, uchrashuvni davom ettirishga ruhsat berildi. Hakam Piter Benks birinchi taymga 19 daqiqa (!) qo‘shib berdi!

Yana bir holat markaziy o‘yinda yuz berib, unda ikkinchi taym boshlanish arafasida darvozalardan birining to‘rida katta teshik paydo bo‘lgani aniqlandi. To‘p bemalol o‘tib ketadigan teshik. "Chelsi" - "Tottenhem" o‘yini hakamlari holatni aniqlagach qo‘lbola uslubda o‘sha muammoni yo‘q qilishdi va taym tezda boshlandi.

Bu hammasi bir tur doirasida bo‘lib o‘tgan voqealar bo‘lib, "PFLga qatga qaravotdi", deging keladi. :)

Orif Tolipov.

Manba: https://t.me/tolipovuz
Kiritildi: 08:02, 24.01.2022.
O'qildi: 3039 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.