Nigeriya futbol ittifoqi rahbari Amaju Pinnik milliy terma jamoa bosh murabbiyi Avgustin Eguavon haqida fikr bildirdi. U shunday deydi:
"Eguavon o‘z faoliyati uchun doimiy ish haqi bilan ta’minlanmagan. U jamoaning mavsum oxirigacha boshqarib turuvchi vaqtinchalalik murabbiyi sanaladi. U terma jamoa Afrika chempionatining pley-offiga chiqqanida maxsus gonorar bilan mukofotlangan. U faqatgina yutuqli o‘yinlardagina bonusga ega bo‘ladi".
Eslatib o‘tamiz, Eguavon jamoasi kecha Tunis terma jamoasiga yengilib, turnirni tark etgan edi (0-1).