Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina 1-1 Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

O‘zPFL 2022 yilda ayollar futbolida kadrlar masalasiga yanada jiddiy e’tibor beradi

O‘zPFL 2022 yilda ayollar futbolida kadrlar masalasiga yanada jiddiy e’tibor beradi

Baho:
+ | -

O‘zPFL tomonidan o‘tkaziladigan musobaqalar uchun Reglamentning 17-bob 9-bandida “Qaydnomadan O‘zPFL lisenziyasiga ega bo‘lgan 7 nafargacha rasmiy shaxs joy olishi mumkin. Rasmiy shaxslar orasida klub shifokorining bo‘lishi majburiydir” deb yozilgan.

2021 yilgi ayollar mavsumida deyarli barcha jamoalar bu qoidaga amal qildi. “Sevinch”, “Bunyodkor-W”, AGMK-W, “So‘g‘diyona-W” va “Metallurg-W” jamoalari talabni maksimal darajada bajargan bo‘lsa, “Paxtakor-W” va “Qizilqum-W” zaxira o‘rindiqlaridan 4 nafardan rasmiylar joy olishdi. “Buxoro-W” va “Lokomotiv-W” jamoalari ham minimum darajada javob berdi. Birgina “Navbahor-W” jamoasi kadrlar masalasida “oqsadi”. Kam sonli o‘yinlarda o‘yin qaydnomasiga bosh murabbiy va shifokor ismi-sharifi yozilgan bo‘lsa, aksariyatida jamoani birgina bosh murabbiy Karima Yo‘ldoshevaning o‘zi boshqardi. 10-tur doirasidagi “Navbahor-W” va “Sevinch” uchrashuvida maydon egalariga bitta rasmiy – shifokor G‘ofurjon Jo‘rayev kiritildi. 18-tur doirasida safarda “Buxoro-W”ga qarshi o‘yinda esa “Navbahor-W” qaydnomasiga birorta ham rasmiy kiritilmadi. Shuningdek, butun mavsum davomida “Lokomotiv-W” qaydnomasi bosh murabbiyni “ko‘rmadi”, jamoaga darvozabonlar murabbiyi Dmitriy Smirnov boshchilik qilib keldi.

O‘zPFL 2022 yildan OFK va FIFA talablaridan kelib chiqib o‘zining talablarini yanada kuchaytiradi. Superliga klublari qoshida faoliyat yurituvchi ayollar jamoalarining rasmiylar tarkibida “Pro” lisenziyasiga ega bosh murabbiy (kamida “Pro” lisenziyasiga o‘qiyotganligi haqidani ma’lumotnomaga), “V” lisenziyasiga ega yordamchi murabbiy (albatta ayol bo‘lishi), “Level-1” lisenziyaga ega darvozabonlar murabbiyi, shifokor va fizioterapevt (albatta ayol bo‘lishi kerak) ish olib borishi belgilangan. Shuningdek, jamoa tarkibida ma’murning bo‘lishi tavsiya etiladi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 16:31, 24.01.2022.
O'qildi: 900 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик