Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/05 00:00 Lids 3-1 Byornli
02/05 00:00 Jirona 0-1 Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal 5-1 Levante
02/05 18:00 Udineze 2-0 Torino
02/05 19:00 Dinamo 3-1 Mash’al
02/05 19:00 Buxoro 2-1 So‘g‘diyona
02/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Sanderlend
02/05 19:00 Brentford 3-0 Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl 3-1 Brayton
02/05 19:15 Valensiya 0-2 Atletiko
02/05 21:00 Komo 0-0 Napoli
02/05 21:30 Arsenal 3-0 Fulhem
02/05 21:30 Alaves 2-4 Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta 0-0 Jenoa
03/05 00:00 Osasuna 1-2 Barselona
03/05 15:30 Bolonya - Kalyari
03/05 17:00 OKMK - Neftchi
03/05 17:00 Selta - Elche
03/05 18:00 Qo‘qon-1912 - Bunyodkor
03/05 18:00 Bornmut - Kristal Pelas
03/05 18:00 Sassuolo - Milan
03/05 19:15 Surxon - Paxtakor
03/05 19:15 Xetafe - Rayo Valyekano
03/05 19:30 Man. Yunayted - Liverpul
03/05 21:00 Yuventus - Verona
03/05 21:30 Betis - Real Ovyedo
03/05 23:00 Aston Villa - Tottenhem
03/05 23:45 Inter - Parma
04/05 00:00 Espanyol - Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm - Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv - Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi - Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf - Navbahor
04/05 21:30 Cremonese - Lasio
04/05 23:45 Roma - Fiorentina
05/05 00:00 Everton - Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya - Real Sosyedad

O‘FAda Germaniya futbol akademiyasida faoliyat yuritayotgan o‘zbekistonlik mutaxassis ishtirokida seminar bo‘lib o‘tdi

O‘FAda Germaniya futbol akademiyasida faoliyat yuritayotgan o‘zbekistonlik mutaxassis ishtirokida seminar bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Hozirgi kunda Yevropaning barcha yetakchi akademiyalarida yosh futbolchilarni jismoniy holatini nazorat qilish, ularni to‘g‘ri ovqatlanishlarini nazorat qilish ustuvor vazifa hisoblanadi. O‘zbekistonda ham ushbu yo‘nalishni rivojlantirish yo‘lida ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada, birinchi navbatda, Yevropaning rivojlangan klublari akademiyalarining ilmiy-amaliy tajribasi o‘rganilmoqda.

Bugun O‘FAga Germaniyada yoshlar murabbiyi sifatida faoliyat olib borayotgan o‘zbekistonlik mutaxassis o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashish uchun taklif etildi. Orzumanbek Nurmuhammedov Gyote nomidagi Frankfurt universitetini (Germaniya) sport tayyorgarligi yo‘nalishi bo‘yicha tamomlagan. Ayni paytda «Gissen» U-16 jamoasi murabbiyi sifatida faoliyat olib boradi. Shuningdek, «Ayntraxt Frankfurt» va Shveytsariyaning «Tsyurix» kabi klublarda amaliyot o‘tagan.

Bugungi seminarda bolalar jamoalari, akademiyalar murabbiylari va sport tibbiyoti sohasi bo‘yicha mutaxassislar ishtirok etishdi. Orzumanbek dastlab Germaniya futbol akademiyalarining nutrisiologiya jarayoni haqida to‘xtalib o‘tdi. O‘smir yoshidagi futbolchining ovqatlanishi uning shakllanib borayotgan organizmiga qay darajada ta’sir qilishi, tana resurslarining taqsimlashi, qanday turdagi mahsulotlar bolalar uchun tavsiya etilishi va qaysilarini rasiondan chiqarib yuborish kerakligi borasida ilmiy asoslangan xulosalarni tanishtirdi.

Shuningdek, yosh futbolchilarni mashg‘ulotlarda jismoniy chiniqtirishdan tashqari, ularning sog‘lom ovqatlanishlarini tashkil etish, yuklamalar berishda vitaminizasiya jarayoni borasidagi tajribalari bilan o‘rtoqlashdi. O‘yindan oldin iste’mol qilinadigan taomlar va o‘yindan keyin tiklanish uchun qo‘llaniladigan ozuqalar haqida ma’lumot berildi. Bundan tashqari, futbolchining o‘sishiga to‘sqinlik qilishi mumkin bo‘lgan tashqi va ichki omillar sanab o‘tildi.

Uchrashuvda onlayn ishtirok etgan hududlardagi mutaxassislar o‘zlarini qiziqtirgan savollar yuzasidan Orzumanbekdan javob oldilar. O‘FA rahbariyati mutaxassisga minnatdorchilik bildirib, bu kabi seminarlarni davomiy tarzda o‘tkazib borishga kelishib oldilar.

Kiritildi: 20:21, 25.01.2022.
O'qildi: 1159 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик