Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 00:00 PSJ 0-1 Borussiya D
09/05 00:00 Real Madrid - Bavariya
10/05 23:45 Frozinone - Inter
11/05 00:00 Nissa - Gavr
11/05 00:00 Brest - Reyms
11/05 00:00 Alaves - Jirona

«San-Siro»da o‘zgarishlar. Muxlislar kutgan arena yaqin orada ishga tushadi

«San-Siro»da o‘zgarishlar. Muxlislar kutgan arena yaqin orada ishga tushadi

Baho:
+ | -

Milan klublarining asosiy stadionida juda katta muammolar mavjud va ta’mirga muhtoj. Shu sababli, Milan derbisi oldidan (6 fevral kuni bu yerda «Milan» va «Inter» o‘zaro o‘ynaydi) uchrashuv sanasi zudlik bilan o‘zgartirildi.

Jamoalar stadionni bu o‘yin uchun mos emasligini tasdiqlashdi. Maydon murabbiy va futbolchilar tomonidan qattiq tanqid qilindi. Masalan, «Inter» bosh murabbiyi Simone Inzagi «Venesiya» bilan o‘yindan so‘ng: «San-Siro maysazori o‘ynash uchun yaroqsiz. Bu «Inter» va «Milan» bahsi oldidan katta muammolarga sabab bo‘ladi. Rostini aytsam, maydon shunchaki dahshatli tarzda yomon ahvolda.

 

Bu borada biror narsa qilinishi kerak, bu hech qachon bunchalik yomon ahvolda bo‘lmagan. Umumiy holat falokatli ko‘rinish olgan. Biz maysazorning yaxshiroq bo‘lishidan umid qilgandik, lekin to‘p shunchaki joyida to‘xtab qolyapti”, - bu o‘sha o‘yindan so‘ng Edin Jekoning mahalliy matbuotga aytib o‘tgan fikrlari. Lekin oldin ham bu borada tanqidlar yetarlicha bo‘lgan, xususan, mehmon jamoalar tomonidan ham.

«Milan» yaxshiroq maydonga loyiq ekanini barchamiz tushunamiz, - deydi Yurgen Klopp «San-Siro»dagi o‘yindan keyin. Va Stefano Pioli bilan suhbatda u maysazorning holati haqida gapirdi. «Hozirda maydon o‘yin uchun mos emas», - deya tasdiqlaydi germaniyalik mutaxassis.

Bunday muammolar aslida qayerdan kelib chiqishi mumkin?

San-Siro agronomi Jovanni Kastelli La Gazette dello Sport nashriga bergan intervyusida muxlislarga hammasini tushuntirib berdi. 2013 yildan beri San-Siro zamonaviy gibrid maysadan foydalanib kelmoqda: sun’iy aralashmadan iborat so‘nggi komponementlar o‘z muddatida almashtirib boriladi.

«San-Siro»da joriy mavsum hisobidan yettita o‘yin o‘tkazildi. Jumladan, Superkubokning taqdirlash marosimi ham aynan shu yerda bo‘lib o‘tgan. O‘shanda naq 300 kishi bevosita maydonda harakatlangan. Bu ham albatta, qaysidir ma’noda maysaning sifatiga ta’sir etmay qolmaydi», deydi Kastelli. - Bir safar ikki kunda ikkita o‘yin o‘tkazishga ham to‘g‘ri keldi, ikki marta esa - uch kunda ikkita o‘yin o‘tkazgan paytlarimiz ham bo‘ldi.

Har qanday sohada muammolar bo‘lishi aniq, jumladan biz ham bundan chetda qolib ketmaganmiz. Barchamiz noqulayliklarni to‘g‘ri tushunamiz va hamma narsani tuzatishga harakat qilamiz. Maysa allaqachon o‘zgartirila boshlandi va ikki haftalik pauza yuzaga keldi: «Yaxshiyamki, ob-havo bilan hech qanday muammo bo‘lmaydi: yomg‘ir ham, qor ham yo‘q. Buning xavfi nolga teng», - deydi u.

Eski qoplamani demontaj qilish ishlari allaqachon boshlangan. Yangi maysa Veronadan olib kelinadi va eskisini olib tashlash bilanoq yotqiziladi.

Nega maydon tezroq almashtirilmadi?
— Bu odatda yozda sodir bo‘lar edi - ko‘proq vaqt talab etadigan jarayon. Ammo bu safar, Kastellining so‘zlariga ko‘ra, ular taqvim tufayli sanalarni ko‘chirishga qaror qilishgan va yozda maydonga deyarli o‘zgartishlar kiritilmagan. Hozir u butunlay o‘zgargan.

«Xavotir olmang muxlislar, biz maysazorni almashtirishga tayyormiz. Maysa derbiga tayyor bo‘ladi», deb ishontiradi agronom.

Kiritildi: 15:41, 26.01.2022.
O'qildi: 3317 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.