Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Soya bilan jang yoxud Markus Reshfordning siri

Soya bilan jang yoxud Markus Reshfordning siri

Baho:
+ | -

So‘nggi yillarda “Manchester Yunayted”dagi inqiroz haqida juda ko‘p gapirilmoqda. Joriy mavsum boshidan buyon klubda bo‘layotgan muammolar Ser Aleks Fergyuson bosh murabbiylikdan ketganidan keyin “qizil iblislar” lagerida boshlangan voqealar aks-sadosi bo‘lib qolmoqda. O‘shandan beri “Yunayted” rahbariyati muammoni hal qilish o‘rniga, ko‘proq uni aylanib o‘tishga harakat qilmoqda.

Bunga misol tariqasida, joriy mavsumda Ole-Gunnar Sulsherning ishdan bo‘shatilishi va Ralf Rangnikning jamoaga vaqtinchalik bosh murabbiy etib tayinlanishi “Manchester Yunayted” muammolarni hal qilish haqida jiddiy ishlamayotganini qisman ko‘rsatadi. Ammo, bir vaqtlar dahshatli va shonli bo‘lgan jamoaning muxlislari hamon jamoasini o‘zgarishiga umid qilib kelmoqda.

Biroq, eng mashhur optimistlar ham “qizil iblislar” ko‘rsatayotgan bunday o‘yinidan jamoaning porloq kelajagiga shubha qila boshlashdi. Misol uchun, Angliya kubogining uchinchi bosqichida “Yunayted” o‘z uyida “Aston Villa” ustidan g‘alaba qozondi (1:0). garchi mezbonlar darvoza tomon 19 ta, mehmonlar esa atigi 10 ta zarba berishgan bo‘lsa ham, jamoalarning golga bo‘lgan harakatlari deyarli teng bo‘lib chiqdi.

 

Har doim “qizil iblislar”da hujumni yakunlashda muammo bo‘lgan va bir futbolchi jamoa harakatlari bir lahzada barbod qilib kelgan. Ko‘pincha, ushbu rolda Markus Reshford bo‘ladi...

24 yoshli vinger o‘zining avvalgi o‘yini va qobiliyatini yo‘qotganga o‘xshaydi. Shuning uchun, futbolchi “Aston Villa” bilan kubok o‘yinidagi omadsiz harakatlaridan so‘ng, bir necha kundan keyin Angliya Premyer-ligasi doirasidagi shu jamoaga qarshi navbatdagi o‘yinda maydonga ham tushmadi.

Kubok bahsida Reshfordda 4 marta zarba berdi, biroq ularning hech biri nishonga aniq tegmadi. Hammasi bo‘lib Markus 73 marta pas berdi. Umuman olganda, bu natija hujumkor o‘yinchi uchun yaxshi ko‘rsatkich, ammo ushbu harakatlarning 32 martasidagina hujumchiga omad kulib boqdi, qolgan urinishlari esa muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Reshford to‘p uchun kechgan kurashlarda ham yomon ko‘rsatkich qayd - 32 ta harakatdan, atigi 10 tasi g‘alaba qozondi...

Markus o‘z imkoniyatlaridan ko‘ra yomonroq harakat qildi va bu Rangnikni juda xavotirga soldi. Murabbiy jamoaning chap qanotdagi himoyani yaxshilash uchun o‘yin oxirida uning o‘rniga qanot himoyachisini maydonga tushirishga majbur bo‘ldi.

Shuningdek, eng yomoni Reshford “Manchester Yunayted” safida yarim mavsm davomida atigi 3 ta gol urdi. Bir yil avval Markusning o‘yini ancha yaxshiroq edi - 57 ta uchrashuv, 21 ta gol va 15 ta golli uzatma. Reshford oldin “Manchester Yunayted”ning eng yaxshi hujumkor o‘yinchilaridan biri edi, ammo hozirgi holatda bu uning soyasiga o‘xshaydi...

O‘tmishda “Manchester Yunayted” muammolarga duch kelganida, har doim akademiya tarbiyalanuvchilariga ishonishlari mumkin edi. Ular o‘z imkoniyatlaridan kelib chiqib, maydonda borlarini berib, raqiblarga juda ko‘p muammolarni keltirib chiqarardi. Ularni asabiylashtirishga va xatolarga yo‘l qo‘yishga majbur qilardi. Ammo, Reshford so‘nggi o‘yinlarda, jamoaga yordam beradigan emas, balki ko‘proq zarar berayotgan obrazda paydobo‘lmoqda. Bu Markusga mutlaqo xos bo‘lmagan holat va uning ahvoli Ralf Rangnikni tashvishga solishi zarur.

Reshfordga nima bo‘ldi? U o‘tgan yozda yelkasidagi muammolar bilan Yevropa chempionatiga borishi kerakmidi? Garchi, Markus qit’a musobaqasini o‘tkazib yuborgan bo‘lsa-da, tiklanish jarayonidan bemalol o‘tib ketishi va klubning yangi mavsumi boshlanishiga qadar o‘zini avvalgi formasiga qaytishi uchun yetarli vaqtga ega edi. Allaqachon, ko‘plab ingliz tahlilchilari Yevro-2020da ishtirok etmaganlik, Reshfordning o‘z qobiliyatiga bo‘lgan ishonchini susaytirganini ta’kidlamoqda, chunki APL boshlanishida Markus ruhan juda charchagan va jismoniy jihatdan bunday holatga tayyor emas edi. Reshfordning “Aston Villa”ga qarshi o‘yindagi muammolari, ko‘proq so‘nggi daqiqalarda Markusning o‘rniga maydonga tushgan Antoni Elanganing harakatlaridan so‘ng namoyon bo‘ldi. Yosh futbolchi 11 daqiqa ichida maydonda 12 ta pasni amalga oshirdi, to‘p uchun kechgan 6 ta kurashdan 5 tasida g‘alaba qozondi, 2 ta muvaffaqiyatli driblingni amalga oshirdi va umuman, bu futboli Rangnikni juda hayratda qoldirdi, shuning uchun keyingi bahslarda Elanga ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmoqda.

Elangining yorqin o‘yinidan so‘ng, Reshford ham asosiy tarkib uchun kurashga qaytgan ko‘rinadi. Xususan, “qizil iblislar”ning chempionatdagi so‘nggi ikki uchrashuvida, aniqrog‘i “Brentford” va “Vest Xem”ga qarshi o‘yinda Markus ikkita gol urdi.

Buning evaziga futbolchi o‘z statistikasini biroz to‘g‘rilab, Premyer-liganing 13ta o‘yinida 4ta gol urdi. Ammo, Markus uchun joriy mavsumni hech bo‘lmaganda qoniqarli deb baholash uchun bu juda kamtarona raqamlardir. Reshfordning muammolari va beqarorligini hisobga olsak, Rangnik uchun ham ko‘proq savollar bor. Ilgari OAV “qizil iblislar”ning yosh iqtidor egalari Antoni Elanga va Amad Dialloni yanvar oyida boshqa klublarga ijaraga berishini taxmin qilgan edi, ammo Rangnikning asosiy o‘yinchilarining bunday yomon o‘yini bilan futbolchilar haqida jiddiy o‘ylab ko‘rish kerakligi anglatadi.

Yana bir masala shundaki, Elanga va Dialloni jamoada saqlab qolish va ularni Reshford va boshqa tajribali o‘yinchilar sabab zaxira o‘rindig‘iga o‘tirish, ularga unchalik foyda keltirmayapti. Nazariy jihatdan, bu yosh futbolchilar mashg‘ulot jarayonida tajribali hamkasblaridan yangi va foydali narsalarni o‘rganishga qodir, ammo agar Reshfordning o‘yinlari so‘nggi oylardagidek kuchsiz bo‘lsa, undan keyingi avlod nima o‘rganishi mumkin?! Yumshoq qilib aytganda, foydasiz...

 

Markus Reshfordning yomon formasi sababini topish Ralf Rangnikning butun murabbiylar shtabining yaqin kunlardagi vazifasidir. “Manchester Yunayted”ning muammosi shundaki, nemis murabbiyi oldida shu qadar ko‘p o‘xshash muammolar borki, so‘nggi yillarda funksionerlik va boshqaruv funksiyalariga ko‘proq e’tibor qaratgan nemisdan ko‘ra boshqa murabbiy ularni hal qila olmaydi...

 

Jamshidjon Mahmudov tarjimasi.

Kiritildi: 22:22, 27.01.2022.
O'qildi: 4039 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.