Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/02 01:00 Olimpiakos 0-2 Bayer
19/02 01:00 Bryugge 3-3 Atletiko
19/02 01:00 Bude-Glimt 3-1 Inter

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi bosim ostida qolgani haqidagi ayrim nashrlarning xabari yuzasidan rasmiy bayonot berdi

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi bosim ostida qolgani haqidagi ayrim nashrlarning xabari yuzasidan rasmiy bayonot berdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Bugun ijtimoiy tarmoqlardagi ayrim manbalarda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi kuchli bosim ostida qolgani va buning natijasida havaskor va professional boks federasiyalari birlashtirilgani haqida xabarlar tarqatildi. Shuni ta’kidlash joizki, bu mutlaqo asossiz va yolg‘on ma’lumot!

Boks mamlakatimiz yoshlari orasidagi eng sevimli va ommaviy sport turlaridan biri. Shuningdek, bokschilarimiz xalqaro maydonlarda yurtimiz bayrog‘ini ko‘klarga ko‘tarib, nafaqat mintaqamizda balki jahonda yetakchilardan sanalishadi. Bugungi kunda ham Prezidentimizning e’tibori va davlatimizning qo‘llab-quvvatlashi bilan ushbu sport turi rivoji yangi bosqichga olib chiqilmoqda.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi hamyurtlarimiz va o‘quvchilarimizdan yuqorida ta’kidlangan yolg‘on xabarlarga e’tibor qilmaslikni, o‘z navbatida ommaviy axborot vositalaridan faqatgina rasmiy, ishonchli va asoslangan ma’lumotlarni tarqatishlarini so‘rab qoladi.

Manba: Olympic.uz
Kiritildi: 20:53, 28.01.2022.
O'qildi: 1524 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.