Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/04 00:00 Arsenal 5-0 Chelsi
24/04 12:00 Tojikiston 2-1 Afg‘oniston
24/04 14:00 Eron 6-1 Qirg‘iziston
24/04 16:00 Tailand 3-2 Iroq
24/04 19:00 O‘zbekiston 2-1 Vyetnam
24/04 22:00 Loryan 1-4 PSJ
24/04 23:45 Vulverhempton 0-1 Bornmut
25/04 00:00 Kristal Pelas 2-0 Nyukasl
25/04 00:00 Man. Yunayted 4-2 Sheffild Yunayted
25/04 00:00 Everton 2-0 Liverpul
25/04 00:00 Monako 1-0 Lill
25/04 00:00 Marsel 2-2 Nissa
25/04 19:00 Qatar - Yaponiya
25/04 22:30 Janubiy Koreya - Indoneziya
26/04 00:00 Brayton - Manchester Siti
26/04 19:00 O‘zbekiston - Saudiya Arabistoni
26/04 22:30 Iroq - Vyetnam
26/04 23:45 Frozinone - Salernitana
27/04 00:00 Monpelye - Nant
27/04 00:00 Real Sosyedad - Real Madrid

Usmon Dembele: endi nima bo‘ladi?

Usmon Dembele: endi nima bo‘ladi?

Baho:
+ | -

"Barselona" yangi bosh murabbiyi Xavi yaqin kunlargacha ham Usmon Dembeleni jahondagi eng yaxshi futbolchilardan biri sifatida e’tirof etib kelayotgandi. Ammo bugungi kunga kelib vaziyat o‘zgardi. Murabbiy o‘z shogirdi bilan imkon qadar tezroq xayrlashishga tayyor. Usmon "ko‘k-anorranglilar" taklif qilgan shartnomaga rozi bo‘lsagina vaziyat izga tushishi mumkin.

"Barsa" shov-shovli tarzda Dembeleni katta pulga sotib olgan edi, ammo futbolchi klubning eng ko‘p boshog‘riqlaridan biri bo‘ldi. Uni xarid qilishga birorta top-klub jazm etarmikan? Hamma gap shunda.

Fransiyalik futbolchining "Barselona" bilan shartnomasi yozda yakuniga yetadi. Joriy mavsum davomida Usmon va uning agenti klub bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokara olib borishdi. Ammo "Barsa" sport direktori Matyo Alemani masalaga nuqta qo‘ydi: «Transfer oynasi yopilishiga 11 kun vaqt qolganida o‘yinchi jamoada qolmasligi hamda uni klubning kelajagi qiziqtirmasligi ma’lum bo‘ldi. Biz uni va agentini jamoani tark etishi mumkinligi haqida ogohlantirdik. Bizga sadoqatli futbolchilar kerak».

Xavi shogirdi haqida qanchalik iliq so‘zlar aytgan bo‘lmasin, ammo bu hech narsani o‘zgartirmaydi. «Barsa» o‘z imkoniyatidan kelib chiqib futbolchiga bir nechta takliflar berdi. Ammo u talab qilgan o‘ta yuqori maoshni klub to‘lashga qodir emas. Shu bois, Dembele boshi berk ko‘chaga kirib qoldi. Agar u tezroq bir qarorga kelmasa, uning kelajagi barbod bo‘lishi mumkin. Dembele 6 oy futbol o‘ynamasa, uning uchun terma jamoa eshiklari yopiladi va JCH-2022dan chetda qoladi.

Boshqa tomondan klub va rahbariyatni tushunish mumkin. Dembele qanchalar iqtidorli futbolchi bo‘lmasin, uning o‘yinida barqarorlikni topish o‘ta mushkul yumush. U tez-tez jarohat oladi. Futbolchining maydondagi ba’zi qiliqlari jamoaga zarar keltiradi. "Barsa" Usmonni katta pulga sotib olgandi. Ammo 5 yil davomida fransiyalik futbolchi o‘zidan kutilgan ishonchning 50 foizga ham oqlamadi. U besh yil davomida "Barselona" safida La liga doirasida 86ta o‘yinda maydonga tushib, 17ta gol urdi xolos (bir mavsumda o‘rtacha 17ta o‘yin va 4tadan gol). Qaysi jamoa bunday o‘yinchiga katta maosh taklif qilib, tavakkalchilikka qo‘l urardi. Boz ustiga, pandemiya tufayli klublarni moliyaviy muammolar qiynayotgan paytda.

"Pari Sen-Jermen"
«PSJ» yozda Usmon bilan shartnoma imzolashi mumkin. Boisi, Mbappe parijliklar safini tark etishga yaqin turibdi. "Pari Sen-Jermen" hujum chizig‘ini yanvar oyidayoq Dembele bilan to‘ldirishi mumkin. Ammo Neymar va Messining transferlaridan keyin "PSJ" va "Barsa" o‘rtasidagi munosabatlar yaxshi emas. Shu bois, hozirda klublar o‘rtasida muzokara bo‘lib o‘tishiga ishonish qiyin.

Angliya klublari-chi?
Angliyada «Nyukasl»dan harakatlarni kutishmoqda. Chunki, "qarg‘alar"ga yulduz futbolchi kerak. Yaqinda Eden Azar bu jamoaga rad javobini bergandi.

Dembeleni «Liverpul» bilan ham bog‘lashmoqda. Chunki Sadio Mane formasini yo‘qotib borayotgan bo‘lsa, Muhammad Saloh bilan hali yangi shartnoma imzolamadi. Kloppning Dembele bilan munosabati yaxshi bo‘lishi mumkin, ammo professionalizmi yuqori bo‘lmagan futbolchi (mashg‘ulotga muntazam kech qolish) bilan ishlash har qanday mutaxassis uchun og‘ir.

Joriy mavsumda jarohatlar Usmonni kamroq bezovta qilayotgani quvonarli holat. Shu sababga ko‘ra, APLning ayrim jamoalari futbolchiga qiziqib ko‘rishi mumkin. Masalan, hujumchiga ehtiyoj sezayotgan "Chelsi". «Tottenxem»ga ham forvard kerak, ammo Stiven Bergveyn yaxshi formaga kirib olgani uchun "shporlar"ni Dembele tomon qadam tashlashdan  to‘xtatib turishi mumkin.

Shu sababli, Usmon Dembele bilan shartnoma imzolashga tayyor bo‘lgan birorta top-klubning nomini tilga olish qiyin. Boz ustiga, katta maosh talab qilayotgan futbolchining talabiga rozilik bildirish katta tavakkalchilik hisoblanadi. Qishki transfer oynasi yopilishi 2 kun qoldi. Futbolchi va uning agenti hozirda bosh qotirishayotgani turgan gap. Ular qanday yakuniy qarorga kelishini esa 2 kun ichidi bilib olamiz.

Kiritildi: 08:41, 29.01.2022.
O'qildi: 9156 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.