Superliganing yangi mavsum oldidan "lochinlar" tayyorgarlikka zo‘r bergan.
Ayni vaqtda Namanganda yig‘in o‘tkazayotgan "Navbahor" 3 fevral kuni "Markaziy" o‘yingohda Qirg‘izistonning Osh shahri sharafini himoya qiluvchi "Alay" klubi bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi.
O‘yin 12:00da boshlanadi. Mazkur bahsga muxlislar tashrif buyurishi mumkin. Kirish bepul!