Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Parvozga shay “burgutlar”. “Benfika” Chempionlar ligasi pley-offiga qay darajada tayyor?

Parvozga shay “burgutlar”. “Benfika” Chempionlar ligasi pley-offiga qay darajada tayyor?

Baho:
+ | -

 

 Ikki haftadan so‘ng ko‘hna qita klublari uchun eng nufuzli hisoblangan UYEFA Chempionlar ligasi pley-off bosqichiga start beriladi. Shu munosabati bilan stadion.uz ushbu bosqichda ishtirok etadigan jamoalarning ustunligi va kamchiligi haqida so‘z yuritadi. Bir-necha kun oldin “Ayaks” haqida ma’lumot berilgan edi bugun esa ularning raqibi “Benfika” haqida ma’lumot ulashamiz.

  Klub ruhiyati va murabbiyning o‘ziga xosligi

Jamaoning asosiy yutug‘i bu uning – prezidenti. “Benfika”ning ayni manashu joyda omadi chopgan. Klub rahbari portugaliyalik afsonaviy futbolchi - Rui Koshta. Koshtani katta yoshli futbol ishqibozlari juda yaxshi tanishadi. Uning futbolchi sifatida termasi va “Milan”ga bergan yordami beqiyos. Hozirda mutaxassis prezident sifatida o‘zini dunyoga tanitgan “Benfika”ni dunyoga tanitmoqchi. Ajoyib paradoks. Albatta Koshtani “burgutlar” uyaltirib qo‘ymasligi uchun maydonga tushishi ham bir motivasiya.

  Jamoa murabbiyiga kelsak, “qizillar”ni vaqtinchalik Nelson Verissimo boshqarmoqda. Ammo katta ehtimol u jamoa bilan yangi shartnoma imzolaydi va “Benfika”ning asosiy murabbiyiga aylanadi. Jorje Jezush istefoga chiqarilgach, Verissimo uning vorisi sifatida klub o‘yinida burilish yasashiga ko‘pchilik ishonmagan edi. Lekin portugaliyalik mutaxassis bemalol jamoani boshqara olishini ko‘rsata oldi.

  Jezush juda ham tajribali va kuchli mutaxassisligi shubxasiz. Ammo uning kamchiligi xam shunda edi. U o‘z falsafasidan voz kechmaydi, uning asosiy e’tibori hujumga qaratiladi va uning jamoasi hujumkor o‘yin ko‘rsatadi. O‘z-o‘zidan himoya kuchsizlanib qoladi. Verissimo bu muammoni bartaraf etgan ko‘rinadi. Ammo buyog‘ini pley-offda ko‘rib olamiz. Har qalay Portugaliyada yana bir yaxshi murabbiy yetishib chiqmoqda.

 Ishonchli va tajribali orqa chiziq

Jamoa darvozaboni Odisseas Vlahodimos ancha yillardan beri “burgutlar”ning asosiy posbrni sanaladi. O‘z vaqtida uni kelajagi grand klublar bilan bog‘langani taxmin qilingan edi. Ammo gresiyalik posbon Portugaliya klubida doimiy qolib ketdi. Biroq Odisseas ushbu jamoada obro‘ qozondi va klubning ajralmas bir qismiga aylanib ulgurdi.

  Himoyaga nazar tashlaydigan bo‘lsak, ushbu pozisiyada ko‘plab tajribali futbolchilarni ko‘rishimiz mumkin. Yan Vertongen va Nikolas Otamendi Angliya premyer-ligasidagi faoliyati bilan futbol ishqibozlariga juda tanish. Yana bir himoyachi vaqtida Albaga qiyoslangan va ushbu transfer oynasida “Barselona” qiziqishlariga sabab bo‘lgan – Aleks Grmialdo. Unga qarama-qarshi qanotda esa jamoa sardori Andre Almeyda to‘p suradi.

  Universal markaz

Yevropada ko‘plab yaxshi markaziy yarim himoyachilar bor. Ammo ba’zan “Benfika”ning o‘sha pozitsiyasiga xavas qiladiganlar ham topiladi. Garchi portugaliyaliklar safida mashhur yarim himoyachi bo‘lmasada. Jamoa markaziada o‘ynaydigan asosiy futbolchilar universallar hisoblanadi ular raqib hujumini buzishni ham yangi hujum yaratishni ham yahshi eplay oladi. Shu sababli klub o‘zgarmas 3 ta markaziy yarim himoyachi taktikasida o‘yin olib boradi.

Joau Mariu, Pissi, Yulian Vaygl va Adel Taarabt singari futbolchilardan 3 tasi asosiy tarkibda maydonga tushishadi va ular safiga yaqinda yana bir universal Nemanya Radonich ham kelib qo‘shildi.  Ushbu futbolchilardan Jorje Jezush ham Nelson Verissimo ham bir xilda foylanib kelmoqda.

Rang-barang hujum

“Burgutlar” loteral yarim himoyachilardan deyarli foydalanmaydi. 3 yarim himoyachi bir hilda markaz uchun javobgar. Loterallar qachonki pozitsion hujumlarda foyda beradi. “Benfika” esa to‘p bilan iloji boricha kamroq muomila qilib hujum yaratishni istaydigan jamoa. Shu tufayli ham ularda taktikaga mos 2 hil hujum bor.

 Birinchisi albatta tezkor hujum. Jamoaning yana bir yulduz Rafa Silva qanotlarda katta tezligi evaziga himoyachilarni dog‘da qoldirish qobilyatigaa ega. Ammo uni ko‘proq jamoa qarshi hujumga tayangandagi foydasi tegadi. Himoyaga yotib olgan jamoani u bilan taslim etish qiyin. Bunday holda braziliyalik Everton katta sahnaga chiqadi va uning texnikasi jamoaning asosiy qurollaridan biriga aylanadi. Everton maydonda harakat qilsa odatda hujum chizig‘i Yeremchuk va Seferovichlardan tashkil topadi. Ular ikkisi ham ikkinchi qavatda yahshi harakatlanadi. Everton esa biiroz markazroqqa o‘tib qanot hujumi ikki qanot himoyachisiga ochib beriladi.

 “Qizillar”ning yana bir hujumi bu jamoaning yosh yulduzi Darvin Nunyes atrofida quriladi. “Barselona”ga qarshi birinchi uchrashuvda aynan shu taktika tanlangan. Unda jamoa hujumi etibori tezlikka qaratiladi va bu “Barselona” himoyasida eng katta muammo edi. “Ayaks”da esahammasi bir hillikda. Lekin jamoa himoyalanishni yomon ko‘radi. “Benfika” esa bunga qarshi Nunyes atrofida qurilgan hujum bilan maydonga tushish e’htimoli yuqori.

 Nima bo‘lganda ham ikki hujumkor jamoa o‘rtasidagi qizg‘in bahs bizni kutib turibdi. So‘zsiz bo‘ to‘qnashuvda “Ayaks” favorit. Lekin ko‘plab yurtdoshlarimiz ichimliklar qopqog‘idan izlagan “Benfika” ushbu to‘qnashuvda ustun kelsa buni sensasiya demagan bo‘lar edik.

 

Mirjalol Pardaboyev tayyorladi.  

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 15:44, 01.02.2022.
O'qildi: 1944 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.