Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/12 00:45 Roma 3-1 Jenoa
31/12 00:30 Byornli 1-3 Nyukasl
31/12 00:30 Chelsi 2-2 Bornmut
31/12 00:30 Nottingem Forest 0-2 Everton
31/12 00:30 Vest Xem 2-2 Brayton
31/12 01:15 Arsenal 4-1 Aston Villa
31/12 01:15 Man. Yunayted 1-1 Vulverhempton

Xavi Dembeleni olib qolishga harakat qilsa ham, rahbariyat shartnomani bekor qilishga qaror qildi

Xavi Dembeleni olib qolishga harakat qilsa ham, rahbariyat shartnomani bekor qilishga qaror qildi

Baho:
+ | -

Kataloniyaning «Barselona» klubi shartnomasini uzaytirishdan bosh tortgan va qishki transfer oynasida jamoani tark etishni xohlamagan Usmon Dembelega nisbatan qat’iy pozisiyani egalladi.

AS nashrining tarqatgan ma’lumotiga qaraganda, kataloniyaliklar fransiyalik futbolchini o‘z tarkibida maydonga tushirish variantini ko‘rib chiqmaydiga bo‘ldi.

«Barselona» Dembelega Carta de libertad (klubdagi ishidan chetlatilganligi haqidagi hujjat – muallif)ni "taqdim" qilishi mumkin, ya’ni, futbolchi bilan o‘zaro shartnomani bekor qilishi mumkin. Bunday holatda Dembele erkin agentga aylanadi, lekin "Barselona" fransiyalik futbolchi o‘ziga yangi klub topguniga qadar oylik maoshlarini to‘lab yuradi.

Qayd etish kerakki, agar bunday chora qo‘llanilsa, bu kataloniyaliklarga shartnomaning qolgan oylari uchun Dembelega tegishli maoshning sezilarli qismini tejash imkonini beradi. Bu holatda "Barselona" uning kichik bir foizini to‘laydi.

Ushbu variant ikkala tarafni ham qoniqtiradi: «Barselona» mablag‘ tejaydi, Dembele esa yangi klub topish uchun vaqt oladi.

Biroq, bu variant qo‘llanilishini uchun har ikki tomonning roziligi kerak. Hozircha Dembele jamoani tark etishni istamagani uchun, u bilan kelishuvga erishib bo‘lmaydi.

Agar fransiyalik futbolchi "Carta de libertad"ni olishdan bosh tortsa, u holda "Barselona" shartnomani bir tomonlama bekor qiladi. Bu holatda «Barselona» 30 iyungacha maoshini to‘liq to‘lab berishi kerak bo‘ladi.

Jamoa bosh murabbiyi Xavi klub rahbariyatiga Dembeleni jamoadan chetlatilishiga qarshi ekanliligini ochiq aytganiga qaramay, rahbariyat yuqoridagi ikki variantni ko‘rib chiqmoqda.

Kiritildi: 22:06, 01.02.2022.
O'qildi: 2789 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.