Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon 2-1 Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona 5-2 Surxon
28/04 20:00 Paxtakor 2-2 Nasaf
28/04 23:59 PSJ 5-4 Bavariya
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

Peti: «Arteta Obameyangni qo‘yib yuborib, to‘g‘ri ish qildi»

Peti: «Arteta Obameyangni qo‘yib yuborib, to‘g‘ri ish qildi»

Baho:
+ | -

«Arsenal» klubi sobiq futbolchisi Emmanuel Peti "kanonirlar" forvardi Pyer-Emerik Obamyayengning jamoadan ketganiga o‘z munosabatini bildirdi.

«Obameyangga nisbatan hurmatsizlik qilishni istamayman, chunki men uni buyuk futbolchi deb hisoblayman. Ammo so‘nggi bir necha oydan buyon u o‘ziga o‘xshamasdi. Uning miyasida qandaydir o‘zgarish yuz berdi. Bu klub, murabbiy yoki shaxsiy hayoti bilan bog‘liqmi, bilmayman. Biroq u ikki yil avvalgi Obameyang emasdi.

Arteta uni qo‘yib yuborib, to‘g‘ri ish qildi. Jamoa sardorini dastlab maydon tashqarida qoldirib, so‘ngra uni transferga qo‘yish — jamoa uchun jiddiy ogohlantirish. Obameyangni ham tushunish mumkin. U har hafta o‘zining yuqori saviyasini namoyish etishi kerak. U katta maosh evaziga yangi shartnoma imzolagani, ehtimol, bu muammo bilan bog‘liq emasdir, ammo bu holat shunga mos kelyapti.

U yangi shartnoma imzolaganidan so‘ng avvalgi o‘yinchi bo‘lmay qoldi. «Arsenal»da bo‘ladimi yoki boshqa joydami, u o‘zining avvalgi saviyasiga qaytishi kerak. Pul — juda muhim, ammo u o‘zining sportcha xarakteriga qaytishi shart», – dedi Peti.

Manba: footballhd.ru
Kiritildi: 10:21, 02.02.2022.
O'qildi: 1912 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик