Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya 7-1 Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal

Zakariya: “YUventus”dek jamoa har kuni ham senga taklif bilan chiqmaydi”

Zakariya: “YUventus”dek jamoa har kuni ham senga taklif bilan chiqmaydi”

Baho:
+ | -

Turinning “Yuventus” klubining yangi yarimhimoyachisi Denis Zakariya «byankonerilar» futbolchisi sifatidagi taqdimot marosimida Italiya klubiga o‘tishi haqida fikr bildirdi.

“Men “Yuventus”ni tanladim, chunki bu men orzu qilgan darajadagi klub. Bu faoliyatimni davom ettirish uchun eng yaxshi variant, deb qaror qildim. Men “Borussiya” [Myunxengladbax] rahbariyatiga jamoani tark etishimni bilardim va ular menga sharoit yaratib berdi.

Axir, “Yuventus”dek jamoa har kuni ham senga taklif bilan chiqmaydi. Umid qilamanki, jamoaga yordam bera olaman.

Men Turinda ekanligimdan faxrlanaman. Otam “Yuventus”ga muxlislik qiladi, shuning uchun men bu jamoa haqida ko‘p narsalarni bilaman. Qo‘limdan kelganini qilishga va jamoadoshlarimga imkon qadar yordam berishga harakat qilaman.

Men o‘zimni yaxshi his qilyapman. Jamoa bilan allaqachon ikkita mashg‘ulot o‘tkazdim. Agar murabbiyga kerak bo‘lsa, men o‘ynashga tayyorman. Allegri mendan nima kutayotganini aytdi, biroq biz hozircha tafsilotlarni muhokama qilganimiz yo‘q”, — dedi Shveysariya terma jamoasi yarimhimoyachisi.

 

 

Kiritildi: 20:08, 02.02.2022.
O'qildi: 1467 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик