"Yuventus" hujumchisi Paulo Dibala yozda jamoani erkin agent sifatida tark etishi mumkin. Unga Yevropaning bir qator klublari qiziqish bildirishmoqda.
"Football Italia" tarqatgan xabarga ko‘ra,"Barselona", "Inter", PSJ va "Chelsi" klublari argentinalik futbolchi uchun kurash boshlashgan.
Eslatib o‘tamiz, Dibala turinliklar bilan shartnomani uzaytirmaslikka qaror qildi. Shu bois, u erkin agentga aylanadi.
Dibala joriy mavsumda 23 o‘yinda ishtirok etib,11 gol va 4 assist muallifiga aylandi.