Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/11 18:00 Paxtakor 0-2 OKMK
22/11 16:00 Neftchi - Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum - Navbahor
23/11 01:00 Xetafe - Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik - Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester - Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol

FIFAdan global hisobot

FIFAdan global hisobot

Baho:
+ | -

FIFA 2021 yilda qayd etilgan transferlar bo‘yicha to‘liq hisobotini chop etdi. Barcha konfederasiyalar va assosiasiyalardagi professional hamda havaskorlar futbolida erkak va ayol o‘yinchilarning 54739 nafari yangi shartnomalarni rasmiylashtirdilar. Kelishuvlarning 19372tasi professional futbolchilarga (erkak va ayollar), 35367tasi havaskorlarga tegishli.

Erkaklar professional futbolida transfer yig‘imlari miqdorining kamaytirilishi natijasida 18068ta xalqaro kelishuvlar amalga oshirildi. Ya’ni, 2020 yilga nisbatan 5,1 foizga o‘sishga erishildi. Boshqacharoq aytganda, COVID-19 pandemiyasidan avvalgi 2019 yil darajasi qayd etildi. Qolaversa, hozirgi 18068ta transfer yangi rekord hisoblanadi: 185ta turli assosiasiyalardagi 4544ta klublar kelishuvga erishdilar. 2020 yilda bu ko‘rsatkich 4162ga teng bo‘lgandi. Bundan tashqari, hisobot yilidagi transfer ishtirokchilari - 15617 nafar futbolchi 179ta turli millat vakillaridir. Transfer uchun olinadigan yig‘im esa qatorasiga 2 yildan beri, 2021 yilda 4,86 mlrd. dollarga qisqardi. Bu miqdor 2020 yilga nisbatan 13,6 foizga oz, 2019 yildagiga nisbatan 33,8 foizga ko‘p demakdir.

Ayollar professional futboli shiddatli rivojlanishda davom etmoqda. Xal-qaro transferlarda ishtirok etgan klublari soni 2020 yildagi 347tadan hisobot yilida 414taga ko‘tarildi. Ya’ni, 19,3 foizga oshdi. Bu ijobiy ko‘rsatkich ayollar futbolida professional o‘yinchilar safi yil sayin kengayib borayotganligini tasdiqlaydi. 2021 yilda 1304ta xalqaro transferlar rasmiylashtirildi. Bu avvalgi yilga nisbatan 26,2 foizga ko‘p. Taqqoslash uchun keltiradigan bo‘lsak, 2020 yildagi o‘sish 23,3 foizni tashkil etgandi.

Erkaklar futbolidan farqli ravishda, ayollar futbolidagi transfer xarajatlari 72,8 foizga ko‘tarildi. Ya’ni, 2020 yildagi 1,2 mln. dollar hisobot yilida 2,1 mln.ga yetdi.

2020 yilning iyulidan boshlab, havaskorlar futbolidagi kelishuvlar TMS tizimida ro‘yxatdan o‘tkazilmoqda. Bu shuni anglatadiki, endi kelishuvlarni yil davomida amalga oshirish mumkin. 2021 yil natijalari shubhasiz, hayratlanarli: 201ta assosiasiya tasarrufidagi 17571ta klub 35367ta transferlarni rasmiylashtirdilar. Natijada 202 mamlakatdagi erkak va ayol havaskorlar yangi jamoa-lardan joy oldilar. Bu borada Germaniya xarid (5122) borasida ham, sotish (2651) borasida ham yaqqol yetakchilik qilmoqda.

2021 yil transferlari xususidagi global hisobot futbolchilarning millati, yoshi, konfederasiyalar va assosiasiyalararo harakatlariga oid ma’lumotlarni o‘ziga jo qilgan. Professional futbolchilar bo‘limida shuningdek, eng yaxshi transferlar ro‘yxati ham o‘rin olgan. Bundan tashqari, mehnat shartnomalarining qo‘shimcha tahlili, konfederasiyalar, assosiasiyalar va klublarning eng yaxshi o‘yinchilari ro‘yxati ham taqdim etilgan. Shuningdek, hisobotda har qaysi assosiasiyada amalga oshirilgan transferlarning to‘liq ro‘yxati bilan tanishish mumkin.

S.RAHMONOV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 10:20, 03.02.2022.
O'qildi: 1486 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.