90min nashri xabariga ko‘ra, Paulo Dibalaning vakillari o‘z mijozini Premyer-liga klubiga o‘tishini istamoqda. Shu maqsadda futbolchining agenti APLning deyarli barcha gigantlari bilan muzokara o‘tkazmoqda. Gap Manchesterning ikki klubi, «Tottenxem» «Liverpul», «Chelsi» va yana bir qancha Premyer-liga klublari haqida ketmoqda.
Manbaning ta’kidlashicha, Dibala qaysi jamoaga o‘tishi borasida qaror qabul qilgani yo‘q. U yuqoridagi yirik klublarning istalgani bilan shartnoma imzolashi mumkin.
Bir necha yil oldin argentinalik futbolchi «Tottenxem»ga o‘tishi mumkin edi, ammo bu bitim ma’lum sabablarga ko‘ra amalga oshmagan.