«Yuventus» bosh murabbiyi Massimiliano Allegri bugungi matbuot anjumanida Vlaxovich haqida fikr bildirdi.
«Vlahovich kelishi bilan o‘yinchilarning mas’uliyati o‘zaro teng taqsimlanishda davom etadi. Hamma narsa Vlaxovichning yelkasiga tushmaydi.
U 22 yoshda va «Fiorentina» safida ko‘p gol urdi, «Yuventus»da muvaffaqiyat qozonishni xohlaydi. Lekin mas’uliyat hammaning zimmasida bo‘lishi kerak», - deydi Allegri.
Ma’lumot uchun, 6 fevral, yakshanba kuni «Yuventus» Italiya chempionati navbatdagi turi doirasida «Verona»ga qarshi maydonga tushadi.