Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Unga «Hurmat qilish asoslari» kitobini sovg‘a qilgan bo‘lardim. Neymarning futbol olamidagi dushmanlari

Unga «Hurmat qilish asoslari» kitobini sovg‘a qilgan bo‘lardim. Neymarning futbol olamidagi dushmanlari

Baho:
+ | -

«PSJ» va Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymar boshqa futbolchilar bilan tez-tez ziddiyatga borib turadi. Futbolchi Fransiya chempionatida ham, Ispaniya chempionatida ham, «Barselona»dagi faoliyatidan oldin ham o‘ziga dushman orttirib olardi. Quyida Neymar bilan chiqisha olmaydigan futbolchilar haqida so‘z boradi.

Alvaro Gonsales

Fransiya chempionatining 2020/21 yilgi mavsumi 3-tur doirasida bo‘lib o‘tgan «PSJ» va «Marsel» o‘rtasidagi o‘yin (0:1) janjal bilan yakunlandi. Gonsalesning boshiga qo‘li bilan musht tushirgan Neymar qizil kartochka bilan siylandi va o‘yindan so‘ng raqibini irqchilikda aybladi.

Shuningdek, Neymarning o‘zi ham «Marsel»ning yaponiyalik futbolchisi Hiroki Sakaini «la’nati xitoylik» deb, irqchilik kayfiyatidagi so‘zlarni ishlatgan. «Ota-onam har doim menga axlatni chiqarib tashlash kerakligini o‘rgatgan», — deydi Gonsales Neymar haqida.

Nelson Semedu

Neymar 2017 yil iyul oyida «Barselona»dagi jamoadoshi Semedu bilan mashg‘ulotlar vaqtida janjallashib ketgan. Serxio Buskets ularni ajratgan. Hodisa oqibatida mashg‘ulotlar muddatidan avval yakunlangandi.

Avgust oyida Neymar «PSJ» futbolchisiga aylandi. Semeduning aytishiga qaraganda braziliyalik futbolchining xatti-harakatlari unga yoqmagan, portugaliyalik endigina «Barselona» a’zosiga aylangan edi.

Antonio Gonsalvesh

«Strasbur» yarim himoyachisi Antoniu Gonsalvesh Fransiya Kubogida jarohat olgan Neymarni shikoyat qilmaslikka chaqiradi. Ko‘z yoshlarini tiya olmagan braziliyalik 62-daqiqada almashtiriladi.

«Neymarning uslubi shunaqa. Agar shunaqa o‘ynasang, oyog‘ingga zarba berishlaridan shikoyat qilma. Maydonda u xursandchilik qilishi mumkin, lekin undan so‘ng yig‘lamasa, albatta. Biz uning o‘yinlarini o‘ynash niyatimiz yo‘q», — degandi Gonsalvesh.

Gabi

«Atletiko» futbolchisi Gabi 2015 yilda «Barselona»ga qarshi bahsning tanaffus vaqtida tribuna ostida Neymarga zarba bergani uchun qizil kartochka olgandi. O‘yindan so‘ng «matraschilar» sardori braziliyalik futbolchini tanqid ostiga oldi.

«Neymar turli harakatlarni ko‘rsatadi. Ayniqsa g‘alaba qozonayotgan vaqtda. Agar uning jamoasi hisobda oldinda bo‘lsa, u provokasiya qilishni boshlaydi. Bunday xatti-harakatlar insonni muvozanatdan chiqarib yuboradi» — degandi Gabi.

Andi Delor

«Monpelye» hujumchisi Andi Delor «PSJ» futbolchisi Neymarga hurmat qilish haqida kitob sovg‘a qilishga tayyorligini bildirgan. 2019 yil Fransiya chempionatining navbatdagi turidan so‘ng tribuna ostida futbolchilar o‘rtasida o‘zaro janjal yuzaga kelgan.

«Uning sovg‘aga ehtiyoji yo‘q, puli yetarli. Mayli. Shunchaki hazil uchun unga ‘Hurmat qilish asoslari’ kitobini sotib olib bergan bo‘lardim», — degandi Delor.

Tiagu Dialo

«Lill» himoyachisi Tiagu Dialo «PSJ»ga qarshi o‘yinda Neymarga qo‘pollik ishlatadi. Braziliyalikka bu harakat yoqmaydi va u raqibini turtib yuboradi. Ikkala futbolchi ham maydondan chetlatiladi.

«U qo‘li bilan iyagimga zarba berdi. Tunnelda Neymar menga yoqmaydigan gaplarni gapirdi, hatto lentani uloqtirdi. U hamkasblarini hurmat qilishni o‘rganishi lozim», — degandi Dialo.

Kani

«Atletiko» yarim himoyachisi Kani Ispaniya Kubogida «Barselona»ga uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng Neymarni ortiqcha gaplar gapirmaslikka chaqirdi. O‘yin oxirida ikki futbolchi va jamoalarning boshqa a’zolari o‘rtasida janjal yuzaga kelishiga oz qoladi.

«Butun faoliyati davomida unda muammolar bo‘ladi. Neymarning uslubi shunaqa, doim gapirib turadi. Kun kelib u yana bugungidek holga tushadi», — degandi Kani.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 15:39, 06.02.2022.
O'qildi: 2464 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик