Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/09 00:00 Espanyol 1-3 Elche
19/09 00:00 Brentford 3-0 Chelsi
19/09 16:30 Tottenhem 2-3 Aston Villa
19/09 17:00 Osasuna 1-1 Rayo Valyekano
19/09 18:00 Mash’al 1-2 Paxtakor
19/09 18:00 Bolonya 1-1 Torino
19/09 18:00 Udineze 0-1 Kalyari
19/09 19:00 Brayton 3-0 Arsenal
19/09 19:00 Everton 1-0 Ipsvich
19/09 19:00 Nyukasl 2-1 Xall Siti
19/09 19:15 Atletik Bilbao 0-0 Alaves
19/09 20:15 Bunyodkor 2-1 Buxoro
19/09 21:00 Roma 2-2 Inter
19/09 21:30 Selta 5-0 Rasing
19/09 21:30 Nottingem Forest 0-1 Koventri Siti
19/09 23:45 Venetsiya 0-2 Lasio
20/09 00:00 Sevilya 1-3 Barselona
20/09 10:00 Eron - Xitoy
20/09 12:00 Gonkong - Tailand
20/09 15:00 KXDR - BAA
20/09 15:30 Fiorentina - Napoli
20/09 15:30 Yaponiya - Qirg‘iziston
20/09 17:00 Xetafe - Malaga
20/09 17:15 Andijon - Nasaf
20/09 18:00 Surxon - Qo‘qon-1912
20/09 18:00 Frozinone - Komo
20/09 18:00 Parma - Jenoa
20/09 18:00 Bornmut - Liverpul
20/09 18:00 Lids - Kristal Pelas
20/09 18:00 Manchester Siti - Sanderlend
20/09 19:00 So‘g‘diyona - OKMK
20/09 19:15 Atletiko - Real Madrid
20/09 19:30 Lokomotiv - Neftchi
20/09 20:30 Fulhem - Man. Yunayted
20/09 21:00 Yuventus - Atalanta
20/09 21:30 Deportivo - Betis
20/09 21:30 Vilyarreal - Levante
20/09 23:45 Milan - Lechche
21/09 00:00 Valensiya - Real Sosyedad
21/09 20:15 Xorazm - Qizilqum

Valijon Rahimov: «AGMK bu yil barcha musobaqalarda chempionlik uchun kurashadi»

Valijon Rahimov: «AGMK bu yil barcha musobaqalarda chempionlik uchun kurashadi»

Baho:
+ | -

AGMK jamoasi darvozaboni Valijon Rahimovni bugungi mashg‘ulotlardan keyin suhbatga chorlab, unga muxlislarni qiziqtirgan mavzulardagi savollarga javob oldik. Quyida Rahimovning fikrlarini o‘qishingiz mumkin.


«Avvalambor Assalomu alaykum. Yig‘in boshlanganidan xursandman. Kuniga ikki mahaldan tayyorgarlik bo‘lyapti. Mazkur yig‘inning dastlabki kunlarida jismoniy holatni optimallashtirishga katta urg‘u berilyapti. Futbolchi qachonki jismonan kuchli bo‘lsa, unda o‘z-o‘zidan ruhiyat ham yuqori bo‘ladi. Aytishadiku, mashg‘ulotlarda og‘ir bo‘lsa, mavsumda bu as qotadi va o‘yinlarda nisbatan osonroq bo‘ladi. Buyog‘iga nazorat bellashuvlarida jamoaviy o‘yinni ham barqarorlashtirib, yakdil o‘yinimizni shakllantirib olamiz. Yangi kelgan futbolchilarning barchasi yuqori darajadagi ijrochilar. Mashg‘ulotlarda ham bu sezilib turibdi. Ular nafaqat kuchli futbolchi, balki odamiylik tarafdan juda aqlli insonlar. Anzur aka, Mishenko, Abdulla, Alisher va Xurshid jamoamizga kelganidan xursandman. Ichki muhit ajoyib. Ko‘tarinki kayfiyatda mavsumga taraddud ko‘ryapmiz. Uzoq muddatli yig‘inlarda albatta oila va vatan sog‘inchi bo‘ladi. Lekin uzoq davom etadigan mavsum oldidan bu jamoaga katta foyda. Har bir sohaning o‘z qiyinchiliklari bo‘lgani kabi, futbolda ham futbolchilar uchun eng mashaqqatli davr mavsumoldi yig‘inlar sanaladi. Yig‘indagi charchoqlar mashg‘ulot qiziqarliligi va jamoada xushchaqchaq futbolchilar borligi uchun ham sezilmayapti. O‘tgan yil men uchun muvaffaqiyatli o‘tdi. Endi buyog‘iga yildan-yilga yanada kuchayib, o‘z kamchiliklarimni bartaraf etishga va barqaror o‘yin ko‘rsatishga urinaman. Ko‘proq to‘pni oyoqda o‘ynash borasida izlanishim kerak. Xudo xohlasa AGMK jamoasi yangi mavsumda o‘zi ishtirok qiladigan barcha musobaqalarda g‘oliblik, ya’ni chempionlik uchun kurashadi. Maqsadga erishish uchun qo‘ldan kelgancha harakat qilamiz. Olmaliqlik muxlislarga avvalo sog‘lik, oilaviy xotirjamlik tilayman va ularni stadionni to‘ldirib o‘tirishlarini kutib qolaman», — deya yig‘in doirasidagi fikrlari bildirdi Valijon Rahimov.

Manba: "АГМК" матбуот хизмати
Kiritildi: 23:56, 06.02.2022.
O'qildi: 1163 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик