Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut 1-1 Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem

Pioli: "Milan"da abadiy qolishga tayyorman"

Pioli: "Milan"da abadiy qolishga tayyorman"

Baho:
+ | -

«Milan» bosh murabbiyi Stefano Pioli jamoaning «Inter»ga qarshi ko‘rsatgan o‘yinidan mamnun. Shuningdek, u Zlatan Ibragimovich yoshi katta bo‘lishiga qaramay hech qachon jamoaga yuk bo‘lib qolmasligini aytdi.

“Jamoa g‘alabaga ishonishdan to‘xtamadi va o‘ynashda davom etdi. Lekin bu odamlar o‘ylagan va aytganidan ko‘ra muvozanatli o‘yin bo‘ldi. Darvoza tomon o‘nta zarba berdik, «Inter» ham o‘nta zarba yo‘lladi, to‘pga egalik qilishda esa ustunlik qildik. Ko‘pincha kichik epizodlar o‘yinni hal qiladi. Biz o‘yinda oxirigacha qolishga muvaffaq bo‘ldik.

Ibraning kelajagi? U ajoyib o‘yinchi va biz uchun muhim futbolchi bo‘lib qolmoqda. Mavsum yakuni uning kelajagini belgilab beradi. U hech qachon yuk bo‘lmaydi, balki juda muhim futbolchi bo‘ladi, u sababli jamoa o‘sdi va o‘sishda davom etmoqda.

«Milan»da o‘zimni yaxshi his qilyapman, menejerlar bilan yaxshi munosabatdaman, men hamma bilan to‘liq ahilman va bugun men «Milan»da abadiy qolishim mumkinligini aytaman", - deydi Pioli.

Kiritildi: 15:13, 07.02.2022.
O'qildi: 1248 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик