Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli 1-2 Jenoa
28/12 19:00 Parma 2-1 Monsa
28/12 22:00 Kalyari 0-3 Inter
29/12 00:45 Lasio 1-1 Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul
30/12 00:45 Milan - Roma
30/12 22:30 Komo - Lechche

Futzal. Birinchi liga jamoalari mavsumga shay holatda

Futzal. Birinchi liga jamoalari mavsumga shay holatda

Baho:
+ | -

11 fevral kuni Toshkent shahridagi “Bunyodkor” sport majmuasida futzal bo‘yicha Birinchi liga o‘yinlari start oladi. Mavsum arafasida liga ishtirokchi jamoalari rahbarlarining fikrlari bilan qiziqdik.

Nodir Eliboyev (BMB jamoasi bosh murabbiyi):

- Jamoamiz shu nomdagi kompaniya homiyligida tashkil topgan. Maqsadimiz bitta – faqat Oliy ligaga yo‘llanma olish. Buning uchun o‘tgan yilning dekabr oyidan jiddiy tayyorgarlikka kirishganmiz. Tarkibimiz asosan yoshlardan iborat, ammo tajribali futzalchilar evaziga yanada kuchaytirganmiz. AGMKdan Shaxzod Sa’diyev, “Maksam-CHirchiq”dan Odiljon Asomov va Sirojiddin Shokirov biz bilan birga. Taniqli futzalchi Shuhrat Tojiboyev esa o‘ynovchi-murabbiy vazifasini bajaradi. Birinchi tur biz uchun katta muammo tug‘dirmaydi, deb o‘ylayman. Sababi, yig‘inlarimizni, mashg‘ulotlarimizni mana shu “Bunyodkor” zalida o‘tkazdik. “Bunyodkor” bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazib, durang qayd etdik. Oliy ligaga kurash menimcha, asosan biz va “Kogon-Oil Star” jamoalari orasida kechishiga shubham yo‘q.

Fuzuliy Xayrullayev (“Kogon-Oil Star” jamoasi bosh murabbiyi):

- Jamoamiz Buxoro neftni qayta ishlash zavodi va “Kogon futzal klubi” o‘rtasidagi memorandum asosida tashkil topdi va viloyat sharafini himoya qiladi. Jamoamiz a’zolarining barchasi mahalliy, mazkur zavod ishchilari hisoblanadi. O‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini Buxoro va Toshkent shaharlarida o‘tkazdik. O‘zbekiston U19, “SQB” (Toshkent), “Dinamo” jamoalari bilan o‘rtoqlik uchrashuvlari uyushtirdik. Maqsadimiz – Oliy ligaga qaytish, viloyatimiz sharafini ulug‘lash. Raqiblarimiz haqida ko‘p ma’lumotga ega emasmiz, “Qizilqum”dan boshqa barchasi yangi jamoa. Hammaga omad tilayman.

Naimjon Usmonov (“Dizak” klubi vise-prezidenti):

- “Dizak” – viloyatimizning qadimiy nomi, So‘g‘d tilida “qal’acha” ma’nosini anglatadi. Shu nom ostida jiddiy ishga kirishganmiz. Jamoamiz bosh homiysi – Sharof Rashidov tumanidagi “Jizzax qurilish ziynati” MCHJ rahbari Shuhratbek Yo‘ldoshev zarur bo‘lgan barcha tashkiliy masalalarimizni hal etib bergan, mashg‘ulotlarni ham shu MCHJga qarashli maydon va sport zalda, o‘tgan yilning sentyabr oyidan beri o‘tkazib kelyapmiz. Tarkibimiz mahalliy, asosan, Jizzax Olimpiya zaxiralari kolleji talabalaridan iborat. Futzal bo‘yicha viloyat birinchiligida ham qatnashamiz. Raqiblarimiz qanday imkoniyatlarga ega ekanligini bilmayman, lekin maydonga faqat g‘alaba uchun tushamiz.

Ravshan Ibrohimov (“Qizilqum” jamoasi bosh murabbiyi):

- O‘tgan yilgi musobaqada uchinchi o‘rinni egallagandik, bu yil muvaffaqiyat qozonib, Oliy ligaga yo‘llanma olishni ko‘zlayapmiz. Bu yo‘lda ikki oydan beri jiddiy tayyorlanyapmiz. Tarkibimiz o‘tgan yilga nisbatan 80 foizga o‘zgargan. Klubimiz qoshidagi futbol akademiya va futbol maktabi tarbiyalanuvchilaridan iborat tarkib shakllantirdik. “Kogon-Oil Star” jamaosi bilan ikki bor o‘rtoqlik uchrashuvi tashkil etdik – o‘z uyimizda mag‘lub bo‘ldik, mehmondan esa g‘alaba bilan qaytdik. Kogonliklar jiddiy raqib, menimcha Oliy ligaga arziydigan jamoa. Biz ham Oliy liga uchun harakat qilamiz.

Daniyar Dosanov (“Mash’al” klubi lisenziyalash menejeri):

- Klubimiz qoshida yangi jamoa tuzdik, 10 yanvardan shug‘ullana boshladik. Tarkibimizda klubimizning sobiq tarbiyalanuvchilari ham bor, shahrimizdagi harbiy qismlarda ishlagan, turli hududlardan kelgan, lekin futbol o‘ynagan, tajribasi bor yigitlar to‘p surishadi. Tarkib, yashash, sport kiyimlaridan muammoimiz yo‘q, lekin shahrimizning o‘zida sport zal etishmaydi. Shuning uchun mashg‘ulotlarni asosan ochiq sun’iy maydonlarda o‘tkazamiz. Bu degani jamoamizning kuchsizligidan dalolat emas, biz kurashamiz, muvaffaqiyat uchun maydonga tushamiz. Musobaqaning ikkinchi turiga kelib tarkibimizni yanada tajribali yigitlar bilan to‘ldiramiz.

Jaloliddin Qosimov (“Fidokor” jamoasi bosh murabbiyi):

- Jamoamiz Marg‘ilon shahar 1-BO‘SM qoshida tashkil etilgan. 12ta sport qatorida futbol va futzal bo‘limlari faol ish olib boradi. Sport maktab direktori Shavkat Azizov futzal jamoasining mamlakat miqyosidagi musobaqada ishtirok etishi uchun barcha sharoitlarni yaratib beryapti. BO‘SMdagi eng ko‘p murabbiylari ham aynan futzaldan – 6 nafar. Ularning uch nafari Level-2 va yana shunchasi Level-1 lisenziyasiga ega. Maktabimiz tarbiyalanuvchilari doimiy ravishda mamlakat U19 terma jamoasiga jalb etiladi. Musobaqada qatnashishimizdan maqsad ham shu – turli yoshdagi terma jamoalar hamda futzal bo‘yicha Oliy liga jamoalariga iste’dodli futzalchilarni etkazib berish.

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 16:47, 09.02.2022.
O'qildi: 1259 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.