Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter
29/12 00:45 Lasio - Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul

— U mast holatda tungi klubga kira olmadi! “Manchester Siti” 117 million yevroga kimni sotib oldi?!

— U mast holatda tungi klubga kira olmadi! “Manchester Siti” 117 million yevroga kimni sotib oldi?!

Baho:
+ | -

Jek Grilish yana “Man Siti” muxlislarining hafsalasini pir qildi. Sababi, Angliya nashrlarida futbolchi mast ahvolda ekanligi tasvirlangan rasmlar va videolar tarqalmoqda. Jamoa bosh murabbiyi Xosep Gvardiola ushbu vaziyatga hazilomuz tarzda javob berdi.

“Aynan o‘sha vaziyatda nima bo‘lgani bu videoda tushunarsiz bo‘lgan. Men juda ham xafaman, chunki yigitlar meni taklif qilishmadi. Futbolchilar jamoatchilik oldiga chiqish qanchalik tavakkal ekanligi haqida juda yaxshi bilishadi. Lekin ular har qanday holatda ham meni taklif qilishmagani uchun jarimaga tortildi”, - dedi Gvardiola.

Jek Grilish - bu mavsumdagi eng omadsiz futbolchilardan biri. Yozda “Manchester Siti” uni “Aston Villa”dan 117,5 million yevroga sotib oldi va Jekni eng qimmat ingliz futbolchisiga aylantirdi. Grilish sarmoya qilingan pulni hozircha oqlamaydi: futbolchi ichki chempionatdagi 16 ta o‘yinda “gol+pas” tizimi bo‘yicha kamtarona 2+2 (o‘tgan mavsumda 6 + 10 edi) natijasini qayd etmoqda. Bundan tashqari, aniq zarba va driblinglar bo‘yicha ham ko‘rsatkichlari ancha tushib ketdi.

Shu bilan birga, Jek Grilish muntazam ravishda voqealar markazida bo‘lib turibdi

6-fevral oqshomida Jek Manchester markazida mast holatda ko‘rinish berdi. Yarim himoyachi shu sarhush paytda “Albert Scholss” tungi klubiga kirmoqchi bo‘ldi, biroq xavfsizlik xodimlari uni ichkariga kiritmadi. Grilishning sheriklari klubdagi jamoadoshlari Riyod Mahrez va Kayl Uoker edi. 

Voqea Manchester shahrida yashovchi aholi tomonidan suratga olingan va videoni darhol “TikTok” ijtimoiy tarmog‘iga qo‘yib yuborishgan va tasvirlar boshqa saytlarga, turli OAVga tarqalib ketdi. Muallif videoning tagiga: “Jek juda mast bo‘lib, barga kirolmadi”, - deya izoh bergan. Kun davomida videoning asl nusxasi 1,5 million marta ko‘rildi.

Tasvirlarda Grilishning harakatlanishga qiynalayotgani, shu bois notanish odam uni qo‘lidan yetaklagani ko‘ringan. Orqa fonda hayqiriqlar eshitiladi: “Jek mast, u ichkariga kira olmadi. Unga qarang”.

“Siti” futbolchilarni himoya qilib, voqea soat kechki 20:00 dan keyin sodir bo‘lgani, shuning uchun ular klub qoidalarni buzmaganliklarini aytishdi. Bundan tashqari, “Siti” rahbariyati Grilishning mast bo‘lganini rad etadi. Rasmiy bayonotda futbolchilar shunchaki ovqatlanishga chiqishgan deyilgan.

Pep Gvardiola vaziyat haqida xushmuomalalik bilan hazil qildi: "Ular meni taklif qilmagani uchun jarimaga tortiladi".

 

Jek Grilish janjal qiroli: “Siti”da olti oy ichida u uch kishi bilan urishdi.

Grilish bu mavsum boshidan beri uch marta janjalga aralashdi. Dekabr oyi oxirida, Premyer-liganing 17-turida doirasidagi “Lids”ga qarshi o‘yindan so‘ng (7:0), u va Fil Foden ziyofatda paparassilar nishoniga aylandi. Navbatdagi o‘yinda Pep Gvardiola o‘yinchilarni ro‘yxatdan chiqarib tashladi: “Men maydon va undan tashqarida futbolchining o‘zini tutishiga katta e’tibor beraman. Maydondan tashqari xatti-harakatlari yaxshi bo‘lmasa, ular jamoamda o‘ynamaydilar”.

Oradan bir oy o‘tib, Grilishni xiyonat tufayli mahalliy jurnallarning birinchi sahifasida “urib chiqishdi”. Futbolchi 1,5 oy davomida 31 yoshli britaniyalik aktrisa Emili Atak bilan yashirincha uchrashib yurgan. Shuningdek, futbolchi 26 yoshli ingliz televideniyesi yulduzi Sasha Etud bilan ham aloqa o‘rnatgan.

Jek Grilish faoliyatida bunday voqealar juda ko‘p

2015-yilda 19 yoshli Jek Grilishning jamoadoshi Saydo Beraxino “Snapchat”ga Grilishning mast qiluvchi “dori”lardan iste’mol qilayotgani aks etgan videoni joylashtirdi. “Aston Villa” ustozi Tim Shervud futbolchini himoya qilishga urindi: “U qilgan ishidan juda uyaldi. Jek menga bu boshqa takrorlanmasligiga va’da berdi”.

Bir necha oy o‘tgach, Grilish Tenerifega dam olishga bordi. Shundan keyin ijtimoiy tarmoqdarda futbolchining  alkogolli ichimlik ta’sirida asfaltda yotgani tasvirlangan suratlar paydo bo‘ldi.

2016 yilning kuzida polisiya Jekning mehmonxonada uyushtirgan ziyofatni to‘xtatdi. “Aston Villa” rahbariyati zudlik bilan tergov boshladi va oxir-oqibat Grilish jarimaga tortildi, hamda bir kunga mashg‘ulotlardan chetlashtirildi. Keyin klub bosh murabbiyi bu birinchi bunday holat emasligini ochiq aytdi.

Jek Grilish bir necha yil davomida OAVdan chetda yurdi, ammo futbolchining rasmlari 2020 yil mart oyida yana ingliz nashrlari bosh sahifasida paydo bo‘ldi. U o‘zini izolyasiya qilish qoidalarini buzdi va “Range Rover” mashinasida sobiq jamoadoshi Ross Makkormak bilan ziyofatga bordi. Futbolchi ertalab soat 8 da uyiga qaytayotganida to‘xtab turgan bir nechta mashinalar bilan to‘qnashib, avariyaga sabab  sabab bo‘ldi. Polisiyaning qayd etishicha, Grilish mast bo‘lgan. Hodisa natijasida ingliz futbolchisi 82 ​​ming funt sterling miqdorida jarimaga tortildi va haydovchilik guvohnomasidan 9 oyga mahrum bo‘ldi.

 

 

Manba: Championat.com
Kiritildi: 22:17, 10.02.2022.
O'qildi: 6955 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.