Aleksis Sanches “Inter” bilan yangi shartnoma imzolashi mumkin, deya xabar beradi Gazzetta dello Sport nashri.
33 yoshli futbolchining amaldagi shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan, ammo milanliklar mavsum oxirida unga yangi shartnoma taklif qilish haqida o‘ylamoqda.
Qayd etilishicha, Sanches "Inter"da qolishni istasa, maoshini biroz qisqartirishga rozi bo‘lishi kerak bo‘ladi.
Shuningdek, avvalroq “Inter” Ivan Perishichga 2024-yilgacha shartnoma taklif qilgani xabar qilingandi.