Ispaniya chempionatida 23-tur o‘yinlari ortda qoldi.
"Besoccer" portali chempionatning ortda qolgan 23-turi davomida qaysi jamoa darvozasiga necha marta penalti belgilanganini hisoblab chiqdi.
Unga ko‘ra, eng ko‘p 11 metrlik jarima zarbasi "Rayo Valyekano" darvozasiga belgilangan – 8 marotaba. "Barselona" darvosiga esa hali hech qaysi jamoa penalti tepib ko‘rgani yo‘q.
"Real" darvozasiga 2 marotaba, "Atletiko" postiga 4 marotaba penalti belgilangan.