Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona 0-2 Atletiko
08/04 23:59 PSJ 2-0 Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

Superliga-2022 qur’asi mexanizmi haqida

Superliga-2022 qur’asi mexanizmi haqida

Baho:
+ | -

Bugun “Sport” telekanali jonli efirida Superliganing yangi mavsumiga qur’a tashlanadi. Unda jamoalar Berger tizimi asosida o‘z raqiblarini bilib oladi.

Biz 2021 yil davomida Superliga klublarni stadion yoritish tizimini yaxshlashga chaqirib keldik. Xususan, o‘tgan mavsum yozning uch oyida “Qo‘qon-1912”, “Surxon”, “Mash’al” va “Andijon” jamoalari uy uchrashuvlarini boshqa stadionda o‘tkazishiga to‘g‘ri keldi. Endilikda “Surxon” stadioni talab darajasiga kelguniga qadar klub o‘z uy uchrashuvlarini Samarqanddagi “Dinamo” stadionida o‘tkazadi. “Qo‘qon-1912” esa Yaypandagi “O‘zbekiston” stadionida raqiblarini qabul qiladi.

“Neftchi” va “Olimpik” jamoalari stadionida ta’mirlash ishlari olib borilayotgani tufayli, ular mavsum startida uy o‘yinlarini boshqa arenalarda o‘tkazadi. “Neftchi” Yaypandagi “O‘zbekiston” stadionidan, “Olimpik” Toshkentdagi “Paxtakor” stadionidan foydalanib turadi.

Qur’a avvalida uy o‘yinlarini bir stadionda o‘tkazadigan klublar o‘zaro juftliklarga ajratib olinadi. Shu orqali bir tur doirasida mazkur jamoalarning biri safarda, ikkinchisi esa uyda o‘ynashi ta’minlanadi. Demak, qur’a avvalida quyidagi uch juftlik alohida ajratib olinadi: “Paxtakor” va “Olimpik”, “Dinamo” va “Surxon”, “Neftchi” va “Qo‘qon-1912”.

 

Qur’ada sharchalarni tortish aynan mana shu jamoalardan boshlanadi. Bergerga ko‘ra, quyidagi raqamlar o‘zaro juft hisoblanadi:

 

1 va 8;

2 va 9;

3 va 10;

4 va 11;

5 va 12;

6 va 13;

7 va 14.

Ma’lumot uchun. Agar juftlikka ajratib olingan jamoalarga 4 yoki 11 raqamlaridan biri tushsa, ushbu ikki klub 1-turdayoq to‘qnash keladi. Qolgan kombinasiyalarda bunday holat kuzatilmaydi. 

Manba: PFL.UZ
Kiritildi: 17:22, 11.02.2022.
O'qildi: 2187 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик