Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/09 00:30 Malaga 1-3 Vilyarreal
18/09 11:30 Filippin 0-2 Vyetnam
18/09 15:00 O‘zbekiston 2-0 Kuvayt
18/09 15:30 Saudiya Arabistoni 2-0 Qatar
18/09 23:45 Monsa 2-1 Sassuolo
19/09 00:00 Espanyol 1-3 Elche
19/09 00:00 Brentford 3-0 Chelsi
19/09 16:30 Tottenhem - Aston Villa
19/09 17:00 Osasuna - Rayo Valyekano
19/09 18:00 Mash’al - Paxtakor
19/09 18:00 Bolonya - Torino
19/09 18:00 Udineze - Kalyari
19/09 19:00 Brayton - Arsenal
19/09 19:00 Everton - Ipsvich
19/09 19:00 Nyukasl - Xall Siti
19/09 19:15 Atletik Bilbao - Alaves
19/09 20:15 Bunyodkor - Buxoro
19/09 21:00 Roma - Inter
19/09 21:30 Selta - Rasing
19/09 21:30 Nottingem Forest - Koventri Siti
19/09 23:45 Venetsiya - Lasio
20/09 00:00 Sevilya - Barselona
20/09 10:00 Eron - Xitoy
20/09 12:00 Gonkong - Tailand
20/09 15:00 KXDR - BAA
20/09 15:30 Fiorentina - Napoli
20/09 15:30 Yaponiya - Qirg‘iziston
20/09 17:00 Xetafe - Malaga
20/09 17:15 Andijon - Nasaf
20/09 18:00 Surxon - Qo‘qon-1912
20/09 18:00 Frozinone - Komo
20/09 18:00 Parma - Jenoa
20/09 18:00 Bornmut - Liverpul
20/09 18:00 Lids - Kristal Pelas
20/09 18:00 Manchester Siti - Sanderlend
20/09 19:00 So‘g‘diyona - OKMK
20/09 19:15 Atletiko - Real Madrid
20/09 19:30 Lokomotiv - Neftchi
20/09 20:30 Fulhem - Man. Yunayted
20/09 21:00 Yuventus - Atalanta
20/09 21:30 Deportivo - Betis
20/09 21:30 Vilyarreal - Levante
20/09 23:45 Milan - Lechche
21/09 00:00 Valensiya - Real Sosyedad

“Qizilqum” futbol klubi bilan bog‘liq o‘zgarishlar haqida ma’lumot

“Qizilqum” futbol klubi bilan bog‘liq o‘zgarishlar haqida ma’lumot

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Navoiy viloyati sharafini Superligada himoya qilib kelayotgan “Qizilqum” professional futbol klubi 2013 yil 26 sentyabrda Navoiy viloyati adliya boshqarmasidan muassasa tashkiliy huquqiy shaklidagi nodavlat notijorat tashkilot sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Keyinchalik futbol klubi 2015 yil 8 iyun kuni Navoiy viloyati adliya boshqarmasidan jamoat birlashmasi tashkiliy huquqiy shakliga o‘zgartirilib, qayta tashkil etildi. Shu kungacha mazkur klub Navoiy kon-metallurgiya kombinati tomonidan moliyalashtirilib kelinayotgan edi.

Endilikda Navoiy kon-metallurgiya kombinati viloyat futbolini yangi bosqichga olib chiqishga qaror qildi hamda o‘z ta’sischiligida “PFK Qizilqum” MCHJ futbol klubini tashkil etib, uni 2022 yilning 10 yanvar kuni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi. Qo‘shimchasiga, “Qizilqum” professional futbol klubi jamoat birlashmasi o‘zining Umumiy yig‘ilishini o‘tkazib, unda futbol klubining brendi, logotipi hamda Superligada ishtirok etish bilan bog‘liq barcha huquq va majburiyatlarini “PFK Qizilqum” MCHJ futbol klubiga o‘tkazishga rozilik berish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Ushbu qarorga asosan shu yilning 14 yanvar kuni “Qizilqum” professional futbol klubi jamoat birlashmasi hamda “PFK Qizilqum” MCHJ futbol klubi o‘rtasida tegishli shartnoma imzolandi.

2022 yilning 4 fevral kuni “Qizilqum PFK” jamoat birlashmasini O‘zbekiston Professional futbol ligasi qatnashchilari safidan chiqishi, uning o‘rnidan Superliga musobaqasida o‘zaro kelishuvga asosan “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ ta’sischiligida tashkil etilgan “PFK Qizilqum” MCHJning ishtirok etishiga rozilik berilishi so‘ralgan xat kelib tushdi. Shu bilan birga, “PFK Qizilqum” MCHJdan “Qizilqum” professional futbol klubi jamoat birlashmasi o‘rnida Superliga musobaqasida ishtirok etishi uchun O‘zbekiston Professional futbol ligasi qatnashchilari safiga qabul qilinishi so‘rab yozilgan xat kelib tushgan. Xatda sobiq klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi mavjud bo‘lgan jamoa a’zolari, ishchi-xodimlar, shu jumladan, futbolchi va murabbiylar “PFK Qizilqum” MCHJda faoliyatini davom ettirishi ko‘rsatilgan.

O‘zbekiston Professional futbol ligasi Ustaviga muvofiq qatnashchilar safiga qabul qilish va ularni o‘z arizasiga muvofiq liga qatnashchilari safidan chiqarish tashkilot Ijroiya qo‘mitasi qaroriga asosan amalga oshirilishi belgilangan. Shu sababli mazkur masala ko‘rib chiqish va qaror qabul qilish uchun O‘zbekiston Professional futbol ligasi Ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishi kun tartibiga kiritildi.

Manba: PFL.UZ
Kiritildi: 12:50, 12.02.2022.
O'qildi: 2903 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик