Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

O‘zbekiston milliy terma jamoasini boshqargan ilk murabbiy vafot etdi

O‘zbekiston milliy terma jamoasini boshqargan ilk murabbiy vafot etdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Bugun erta tongda o‘zbek futboli og‘ir judolikka uchradi. Pedagogika fanlari doktori, professor Rustam Akramov 73 yoshida olamdan ko‘z yumdi.

Rustam Akramovich Akramov 1948 yil 11 avgust kuni Toshkent viloyatida dunyoga kelgan. U kishi faoliyati davomida o‘zbek va Sobiq Ittifoq futboli rivoji uchun ulkan hissa qo‘shgan mutaxassis hisoblanadi. 1990-1992 yillar orasida Jazoirning USM klubi va milliy terma jamoasida faoliyat olib borgan.

Rustam Akramov Mustaqillikka erishganimizdan so‘ng futbol bo‘yicha Milliy terma jamoamizni boshqargan birinchi murabbiy hisoblanadi. 1992-1994 yillar terma jamoamiz u kishi bilan Markaziy Osiyo chempionati va 1994 yil Xirosimada o‘tgan Osiyo o‘yinlarida g‘alaba qozongan.

Rustam Akramovich 1995-1997 yillar Hindiston terma jamoasini boshqardi. Ushbu davlatdagi 2 yillik faoliyati davomida asosiy terma jamoa bilan bir qatorda bolalar futbolini rivojlantirish tizimini shakllantirdi. Keyinchalik OFK, FIFA tashkilotlarida instruktor bo‘lib faoliyat olib bordi.

O‘zbek futboli rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi uchun davlatimiz tomonidan «Shuhrat» medali hamda «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi» faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

Kiritildi: 08:00, 15.02.2022.
O'qildi: 2762 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик