Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Ayaks" yetakchilaridan biri Yevropa top klublari e’tiboriga tushgan

"Ayaks" yetakchilaridan biri Yevropa top klublari e’tiboriga tushgan

Baho:
+ | -

Niderlandiyaning "Ayaks" klubi o‘ng qanot himoyachisi Nussair Mazraui yozgi transferlar oynasida jamoasini o‘zgartirishi mumkin.

Jurnalist Fabrisio Romanoning ma’lum qilishicha, futbolchi niderland klubi bilan amaldagi shartnomasini uzaytirishni istamayapti. Unga "Barselona", "Borussiya D" va Italiyaning grand klublaridan taklif bor.

Eslatib o‘tamiz, 24 yoshli Marokash terma jamoasining a’zosi va "Ayaks" o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2022 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi. Mazraui bu mavsum barcha turnirlarda 25 o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol va 3 ta golli uzatmada ishtirok etgan.

Kiritildi: 22:39, 15.02.2022.
O'qildi: 1487 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.