Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Pochettino YECHLda «Real»ga qarshi o‘yinlardagi mag‘lubiyatsiz seriyasini davom ettirdi

Pochettino YECHLda «Real»ga qarshi o‘yinlardagi mag‘lubiyatsiz seriyasini davom ettirdi

Baho:
+ | -

Yevropa chempionlar ligasi nimachorak finalida «Real» 0:1 hisobida «PSJ»ga imkoniyatni boy berdi.

«Pari Sen-Jermen» zarbalar borasida 22:3 hisobida katta ustunlikka ega bo‘ldi. Ulardan 8 tasi aniq bo‘lgan, madridliklar esa birorta aniq zarba yo‘llay olmagan.

Parijliklar bosh murabbiyi Maurisio Pochettino Chempionlar Ligasi doirasida uchinchi bor «Madrid» klubi bilan to‘qnash keldi. Ularning ikkitasida g‘alaba qozongan va bittasida durang o‘ynagan.

2017/18 yilgi mavsumda argentinalik mutaxassis qo‘l ostida «Tottenhem» «Real» bilan bir guruhga tushgan. Madridda bo‘lib o‘tgan o‘yinda durang natija qayd etilgan bo‘lsa, Londonda «shporlar»ning qo‘li baland kelgan.

Pochettino umumiy hisobda Chempionlar ligasida ispan jamoalariga qarshi yetti marta o‘yin o‘tkazgan. Bittasida mag‘lubiyatga uchragan, uchta bahsda durang natija qayd etilgan, qolgan uch uchrashuvda g‘alaba nashidasini surgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 16:07, 16.02.2022.
O'qildi: 1538 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик