Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 15:00 Komo 1-0 Parma
17/05 15:00 Jenoa 1-2 Milan
17/05 15:00 Yuventus 0-2 Fiorentina
17/05 15:00 Piza 0-3 Napoli
17/05 15:00 Roma 2-0 Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter 1-1 Verona
17/05 19:00 Everton 1-3 Sanderlend
17/05 19:00 Brentford 2-2 Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids 1-0 Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Fulhem
17/05 21:00 Atalanta 0-1 Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl 3-1 Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko 1-0 Jirona
17/05 22:00 Osasuna 1-2 Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao 1-1 Selta
17/05 22:00 Elche 1-0 Xetafe
17/05 22:00 Levante 2-0 Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad 3-4 Valensiya
17/05 22:00 Sevilya 0-1 Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo 0-1 Alaves
17/05 23:45 Kalyari 2-1 Torino
17/05 23:45 Sassuolo 2-3 Lechche
17/05 23:45 Udineze 0-1 Cremonese
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti

Ikki soniyada ikki sariq kartochka!

Ikki soniyada ikki sariq kartochka!

Baho:
+ | -

Mavsumning eng ahmoqona qizil kartochkasi - «Arsenal» vakili atigi 2 soniyada 2 marta ogohlantirildi. APL 24-turidan o‘rin olgan «Vulverxempton» - «Arsenal» o‘yini 69-daqiqagacha ancha zerikarli kechdi: minimal darajada xavfli vaziyatlar, burchak zarbasidan keyin urilgan yagona gol...

Ayni shu pallada «kanonirlar»ning braziliyalik hujumchisi Gabriel Martinelli uchrashuvga qo‘shimcha rang bag‘ishladi. U atigi bir necha soniya oralig‘ida ikki marta sariq kartochkaga tortadigan darajada qoida buzdi. Oqibatda maydonni muddatidan ancha erta tark etti.

Gabriel Martinelli avvaliga maydonning raqib jamoaga tegishli yarmida Daniel Podenseni qo‘li bilan turtib yubordi. Keyingi lahzada esa Tavareshga nisbatan qo‘pollik qildi. Bosh hakam Maykl Oliver esa har ikki holat uchun braziliyalikni sariq kartochka bilan «siyladi»: 1-soniyada - Podensega nisbatan qo‘pollik uchun (kechiktirilgan «fol»), 2-soniyada - raqibni turtgani uchun.

Tezkor ikki «sariq» uchun qandaydir mukofot ta’sis etilsa, 20 yoshli hujumchiga faqat Raul Ximenes biroz raqobat taqdim etishi mumkin. U APL 16-turi doirasidagi «Manchester Siti» - «Vulvz» bahsida 2ta sariq kartochka olish uchun 48 soniya sarflagandi. Demakki, «bo‘rilar»ning meksikalik hujumchisi ham bu borada Marninelli oldiga tusholmaydi.

«Vulverxempton»ga qarshi uchrashuvdan so‘ng «Arsenal»ning 2022 yilgi statistikasi dahshatli ko‘rinish oldi: 6ta o‘yin, 2ta gol va 4ta (!!!) qizil kartochka. Ya’ni Martinelligacha Gabriel Paulista, Granit Jaka va Tomas Parti ham «qizil» olishgandi. Aftidan, jamoa bosh murabbiyi Mikel Arteta bu holatda ojiz. «Har doim shogirdlarimni himoya qilishim kerak. Ammo bunday statis­tika bilan ularni talab darajasida qo‘llab-quvvatlashim tobora qiyinlashmoqda. Martinellining xatti-harakatiga kelsak, ko‘p yillardan buyon Angliyadaman, ammo bunaqasini ilk marta ko‘ryapman», - dedi ispaniyalik mutaxassis uchrashuvdan so‘ng.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 12:06, 17.02.2022.
O'qildi: 2183 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик