Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

APL. Dramatik kechgan uchrashuvda “Tottenxem” “Manchester Siti”ni mag‘lub etdi

APL. Dramatik kechgan uchrashuvda “Tottenxem” “Manchester Siti”ni mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

“Manchester Siti” Angliya chempionatining 26-turi doirasida “Tottenxem”ga imkoniyatni boy berdi (2:3).

O‘yindagi hisob to‘rtinchi daqiqada mehmonlar tomonidan ochildi. Gol muallifi Deyan Kulushevski. Ilkay Gyundogan 33-daqiqada hisobni tenglashtirdi.

59-daqiqada Harri Keynni “shporlar”ni hisobda oldinga olib chiqdi. Shundan so‘ng u yana gol urdi, ammo VAR futbolchining golini bekor qildi. O‘yin oxirida Riyad Mahrez muvozanatni tikladi, ammo Keyn yana bir gol urishga muvaffaq bo‘ldi va jamoasining irodali g‘alaba qozonishiga yordam berdi.

“Shporlar” hisobida 39 ochko bor. Jamoa APL turnir jadvalida yettinchi o‘rinni egallab turibdi. “Manchester Siti” hisobida 63 ochko bor, jamoa birinchi o‘rinda qoldi.

“Manchester Siti” – “Tottenxem” — 2:3

“Etixad Stedium”

Gollar: 0:1 – 4 Kulusevski, 1:1 – 33 Gyundogan, 1:2 – 59 Keyn, 2:2 – Mahrez (penalti), 2:3 — Keyn

Manchester Siti” – Ederson, Uoker, Laport, Ruben Diash, Joau Kanselu, Gyundogan, de Bryuyne, Rodri, Bernardu Silva, Foden, Sterling (Mahrez, 68).

Tottenxem” – Lyoris, Emerson (Doerti, 83), Dayer, Devis, Romero, Sessenyon, Son Xin Min (Lukas Moura, 80), Xeybyerg, Bentankur, Kulusevski, Keyn.

Ogohlantirishlar: Xeybyerg (64), Romero (76), Lyoris (80).

Kiritildi: 00:33, 20.02.2022.
O'qildi: 3704 marta.
Fikrlar: 81 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик