Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/09 00:00 Valyadolid 1-2 Malyorka
28/09 16:30 Nyukasl 1-1 Manchester Siti
28/09 17:00 Xetafe 2-0 Alaves
28/09 17:00 Bunyodkor 2-2 Nasaf
28/09 18:00 Udineze 2-3 Inter
28/09 19:00 Arsenal 4-2 Lester
28/09 19:00 Brentford 1-1 Vest Xem
28/09 19:00 Everton 2-1 Kristal Pelas
28/09 19:00 Nottingem Forest 0-1 Fulhem
28/09 19:00 Chelsi 4-2 Brayton
28/09 19:15 Rayo Valyekano 1-1 Leganes
28/09 21:00 Jenoa 0-3 Yuventus
28/09 21:30 Real Sosyedad 3-0 Valensiya
28/09 21:30 Vulverhempton 1-2 Liverpul
28/09 23:45 Bolonya 1-1 Atalanta
29/09 00:00 Osasuna 4-2 Barselona
29/09 15:30 Torino - Lasio
29/09 17:00 Selta - Jirona
29/09 18:00 Roma - Venetsiya
29/09 18:00 Komo - Verona
29/09 18:00 Ipsvich - Aston Villa
29/09 19:15 Atletik Bilbao - Sevilya
29/09 20:30 Man. Yunayted - Tottenhem
29/09 21:00 Empoli - Fiorentina
29/09 21:30 Betis - Espanyol
29/09 23:45 Napoli - Monsa
30/09 00:00 Atletiko - Real Madrid
30/09 23:45 Parma - Kalyari
01/10 00:00 Vilyarreal - Las-Palmas
01/10 00:00 Bornmut - Sautgempton

«Shporlar» APLdagi chempionlik poygasini qaytadan jonlantirdi

«Shporlar» APLdagi chempionlik poygasini qaytadan jonlantirdi

Baho:
+ | -

Kecha kuzatganingizdek, «Tottenxem» kutilmaganda olovli «Siti» qarshiligini to‘xtatishga muvaffaq bo‘ldi. Butun o‘yin davomida Konte shogirdlari to‘pni raqibga berib qo‘yib, xotirjam harakatlanishdi.

Broq qarshi hujumlardan jamoa maksimal tarzda unumli foydalandi. To‘g‘ri, «Siti» ham ko‘plab vaziyatlar yaratdi, lekin ulardan foydalanish borasida muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Misol uchun, Gyundogan va Kanseluning o‘zi birinchi bo‘limda uchtadan gol urishlari mumkin edi. Natijada, 2:3 hisobidagi natija Gvardiolaning joriy mavsum APL doirasidagi uchinchi mag‘lubiyatiga aylandi. «Siti» 92-daqiqada hisobni tenglashtirgandi, ammo 95-daqiqada yana gol o‘tkazib yubordi. Uchrashuv so‘ngida Keyn va Son yana qahramon bo‘lishdi.

«Tottenxem» bu o‘yinga ancha yomon kayfiyatda yetib kelgan edi. «Sautgempton» va «Vulverxempton»ga yutqazib qo‘ygan «shporlar»ning «Siti» to‘sig‘idan o‘ta olishi dargumondek tuyulayotgan edi. Biroq bunday bo‘lib chiqmadi. Konte rahbariyatni ancha zaif transferlar uchun tanqid qilib kelayotgan edi. Balki, ushbu g‘alaba unga biroz bo‘lsada taskin berar.

O‘yinga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz. Birinchi bo‘limda Kulusevski hisobni ochgan edi. Ammo shundan so‘ng «Tottenxem» darvozasi tomon pressinglar ancha ko‘paydi va yakunda jamoa ustunlikni butunlay boy berib qo‘ydi. Gyundogan 33-daqiqada hisobni tenglashtirdi. Ikkinchi bo‘limda esa Xarri Keyn maydonga tushdi. Shuni ta’kidlash kerakki, «Siti» Keyn uchun eng omadsiz klublardan biri hisoblanadi. Harri naq 6 yil davomida bu klubga gol ura olmagan edi. Kecha esa u naq 2 ta gol bilan barcha yomon statistikalarini yuvib tashladi. Ammo 95-daqiqada urilgan g‘alaba goli barchasidan o‘zgacharoq edi: bu o‘yinni haqiqiy ertakka aylantirdi, chunki 92-daqiqada «Siti» penaltidan hisobni tenglashtirgan, ammo Keyn baribir «Tottenxem»ni uchinchi marta ham oldinga olib chiqishni uddaladi.

Yana bir qahramon - bu Son. U bahs davomida ikkita golli uzatmani amalga oshirdi, to‘rt marta darvoza tomon aniq zarba yo‘lladi. Maydondagi birorta ham o‘yinchi Sonchalik ko‘proq vaziyat yaratgani yo‘q.

«Biz turli qanotlar bo‘ylab, ayniqsa chap qanotdan hujumlar uyushtirdik. Bu ancha qiyin bo‘ldi, chunki raqib juda tor himoyalandi», - deya aytib o‘tdi Pep o‘yindan keyin bergan intervyusida. «Tottenxem»da Harri Keynni yaxshi tushunadigan futbolchilar ko‘p. Kecha butun tarkib hujumda o‘zaro juda yaxshi harakat qilishdi. Birinchi bo‘limda londonliklar gol urdi, ammo bundan boshqa imkoniyat bo‘lmadi. Ikkinchi bo‘lim boshida esa yana bir xavfli hujum uyushtirishni uddalashdi va Keyn raqib darvozasini ishg‘ol qildi. «Biz gol urishga harakat qildik, lekin o‘z vaqtida o‘tkazib ham yubordik. Bunday chuqur himoyaga qarshi o‘ynash biz uchun qiyin», — deya qo‘shimcha qiladi Gvardiola.

Kechagi uchrashuv «Siti» uchun haqiqiy achinarli natijalarni keltirib chiqardi. «Tottenxem» «Siti»ning chempionatdagi 15 o‘yinlik mag‘lubiyatsiz seriyasiga barham berdi. Ushbu seriya noyabr oyida boshlangan edi, bu vaqt ichida Pep jamoasi 14 marta g‘alaba qozonib, bir marta durang o‘ynagan. Buning ustiga londonliklar joriy mavsumda ikkinchi marta «Siti»ni mag‘lub etishdi. Bu Pep jamoasi bilan to‘rtinchi marta sodir bo‘lmoqda. Gvardiola esa yana Kontega mag‘lub bo‘ldi - oxirgi besh bahsdagi uchinchi ijobiy o‘yin.

«Tottenxem»ning g‘alabasi APLdagi chempionlik poygasini ancha jonlantirib yubordi. Endi «Siti» bilan ikkinchi o‘rindagi «Liverpul» o‘rtasidagi ochkolar farqi atigi 6 tani tashkil etadi. Biroq Klopp shogirdlarining ixtiyorida yana bitta o‘yin ham mavjud.

Kiritildi: 14:56, 20.02.2022.
O'qildi: 1544 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.