Moskvaning “Dinamo” klubi hujumchisi Fedor Smolov Rossiyaning Ukraina hududida harbiy amaliyot boshlagani haqidagi xabarga munosabat bildirdi. Tegishli buyruq bugun ertalab Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan berilgan.
"Urushga yo‘q deb ayting!" - deb yozdi Smolov Instagram sahifasida.
Shu bilan birga, Fedor qora fonli rasmni joylashtirdi va foydalanuvchilarga ushbu postga izoh berishni taqiqladi.