Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas

"Metallurg" tarkibida bir qator o‘zgarishlar yuz berdi

"Metallurg" tarkibida bir qator o‘zgarishlar yuz berdi

Baho:
+ | -

“Metallurg” qarorgohidagi eng qaynoq, so‘nggi yangiliklarni e’tiboringizga yetkazishda davom etamiz. Jarohati bois Turkiya safariga bora olmagan iste’dodli hujumchi Islom Isoqjonov individual shug‘ullanishni boshladi. Jamoaning ikki nafar iqtidorli yosh o‘yinchilari Shahzodbek Ne’matjonov hamda Humoyunshoh Sayyotovlar esa poytaxtda – O‘zbekiston U-20 terma jamoasi yig‘inida ishtirok etayapti. Bundan tashqari ham jamoa tarkibida ba’zi o‘zgarishlar mavjud.

Kecha “Metallurg” qarorgohini yarim himoyachi Muhammad Isayev erkin agent sifatida tark etdi. Bir necha mavsum jamoa tarkibida samarali faoliyat olib borgan tajribali futbolchi bilan do‘stona xayrlashildi. Muhammad Isayev endi erkin agent sifatida faoliyatini boshqa klubda davom ettiradi.

Bugun esa “Metallurg” PFK o‘z tarkibini bir nafar yangi o‘yinchi bilan boyitib oldi. O‘tgan mavsum Termizning “Surxon” jamoasida to‘p surgan hujumchi Jasur Xolto‘rayev “Metallurg” bilan shartnoma imzoladi. Futbolchilik faoliyatini 2017 yili G‘uzorning “Sho‘rtan” jamoasida boshlagan Jasur Xolto‘rayev 2021 yilgi mamlakat chempionatida “Surxon” safida 25 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Shularning 18 tasini asosiy tarkibda boshlagan bo‘lsa, 7 bor zahiradan o‘yinga qo‘shildi. Raqiblar darvozasiga 2 ta gol kiritdi. 3 marta sariq kartochka bilan jazolandi.

Manba: "Металлург" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 17:48, 25.02.2022.
O'qildi: 1499 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик