Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Tog‘ chang‘isi: terma jamoamiz Osiyo chempionatidan bittadan oltin va kumush medal bilan qaytmoqda

Tog‘ chang‘isi: terma jamoamiz Osiyo chempionatidan bittadan oltin va kumush medal bilan qaytmoqda

Baho:
+ | -

Shu yilning 24-25 fevral kunlari Livanda qishki sport turlarining tog‘ chang‘isi yo‘nalishi bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi. Musobaqada qit’amizning 10ta davlatidan jami 86 (shundan 52 nafari erkak, 34 nafari ayol) sportchi g‘oliblik uchun bahs olib borishdi.

Unda O‘zbekiston sharafini Pekin-2022 qishki Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisi Komiljon To‘xtayev, Lozanna-2020 yoshlar Olimpiadasi qatnashchisi Valeriya Kovalyova singari jami 7 nafar sportchimiz himoya qildi. Ta’kidlash joiz, vakillarimiz qit’a chempionatida bosh murabbiy Andrey Voronov boshchiligida munosib ishtirok etishdi.

Quvonarlisi, XXIV qishki Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisi Komiljon To‘xtayev slalom mashqida oltin hamda gigant slalom mashqida kumush medallarni qo‘lga kiritdi. Aytish joiz, barcha yakuniy natijalar sportchilarning faqat birinchi urinishida qayd etgan ko‘rsatkichiga qarab hisoblandi. Ancha noqulay iqlim sharoitlari tufayli ikkinchi urinish bekor qilindi, – deb xabar berdi O‘zbekiston chang‘i federasiyasi rahbariyati.

Vakillarimizning musobaqada qatnashish bilan bog‘liq barcha sarf-xarajatlari Sportni rivojlantirish vazirligining Respublika kalendar rejasida nazarda tutilgan mablag‘lar hisobidan moliyalashtirildi.

Manba: minsport.uz
Kiritildi: 21:17, 26.02.2022.
O'qildi: 1057 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.