Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni - Eron
30/01 13:00 Avstraliya - O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya - Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston - Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem

Bekobod katta futbolni qabul qilishga tayyor!

Bekobod katta futbolni qabul qilishga tayyor!

Baho:
+ | -

Bugun Farg‘ona viloyati Yaypan shahrida O‘zbekiston Superkubogi uchrashuvi bilan 2022 yilgi mamlakat futbol musobaqalariga start beriladi. Oradan bir hafta o‘tib milliy chempionat va birinchilik bahslari boshlanadi. Undan keyin estafetani Pro liga, Birinchi liga, yoshlar va o‘smirlar jamoalari o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionatlari qabul qilib oladi, Ayollar Oliy ligasi yo‘lga tushadi.

Bu kabi keng ko‘lamli musobaqalarni qabul qilish uchun esa barcha qulayliklarga ega stadionlar, sifatli futbol maydonlari kerak bo‘ladi. Poytaxt viloyatining eng shimoliy qismida joylashgan Bekobod shahri esa katta futbol musobaqalarini qabul qilishga shay, deyish mumkin. Chempionat va birinchilik o‘yinlari o‘tkaziladigan shahardagi ikkita asosiy stadionda so‘nggi pardozlar ishlari ketayapti. “Metallurg” markaziy stadionida futbol maydoni deyarli ideal ko‘rinishga keldi. Maydon chimi bir tekis va yam yashil tusga kirib, ko‘zni quvontiradi. Mavsumlar oralig‘idagi tanaffus paytida stadion ma’muriyati katta hajmdagi ishlarni amalga oshirdi. Maydonga kerakli o‘g‘it, qum, tuproq to‘shaldi. Sug‘orish, parvarish ishlari rejaga muvofiq vaqtida bajarib borildi. Bu hafta maxsus texnika vositasi yordamida maydonga kerakli yuklama berilib, uning ravonligi tartibga keltirildi. Stadiondagi ovoz karnaylarining sozligi qayta tekshiruvdan o‘tkazildi. Bugun shuningdek stadion yoritqichlarining holati ham qayta ko‘rib chiqildi. Projektor vositalarining bevosita maydonni birtekisda yoritishini ta’minlash borasida sozlash ishlari amalga oshirildi.

Shuningdek, markaziy stadionda futbolchilarning kiyinish, yuvinish, hakamlar, o‘yin komissari xonalari, matbuot anjumanlari zali joriy ta’mirdan chiqarildi. Stadion tribunalari, nufuzli mehmonlar uchun CIP hamda VIP lojalari, OAV vositasi xodimlari bo‘lmasi, TV sharhlovchilar xonasi, TV tasvirchilari maxsus joylari tartibga keltirildi.

O‘zbekiston U-21 birinchiligi bahslarini qabul qiluvchi “Metallurg” stadionida ham ta’mirlash ishlari poyoniga yetib bormoqda. Bu stadionda ham kiyinish va yuvinish, hakamlar, uchrashuv komissari xonalari kapital ta’mirdan chiqarildi. Yangi jihozlar, stol, stul, o‘rindiqlar qo‘yilmoqda. Pardozlash, buyoq ishlari ham oxirlab qoldi. Bundan tashqari stadionning tribunalari ham tartibga keltirildi. Muxlislar uchun zarur qulayliklar yaratildi. Darvozalar ortiga maxsus ustunlar o‘rnatilib, buyaldi. To‘pning uzoqqa ketib qolmasligini ta’minlovchi maxsus to‘rlar osildi. Stadion maydoniga ham qayta ishlov berildi. Qum to‘shaldi, o‘g‘it solindi. Maydonning ravonligini ta’minlovchi maxsus mashina xizmatidan foydalanildi. Sug‘orish tizimidagi nosozliklar bartaraf etildi. Bir so‘z bilan aytganda Bekobod shahri, uning aholisi, shahar atrofida – tuman va xo‘jaliklarda istiqomat qiluvchi futbol muxlislari yangi mavsumning boshlanishini sabrsizlik bilan kutishmoqda.

Manba: https://t.me/metallurguz
Kiritildi: 08:15, 27.02.2022.
O'qildi: 1356 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.