Turinning «Yuventus» klubi hujumchisi Dushan Vlaxovich A Seriyaning 27-turida «Empoli» (3:2) ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng jamoasining chempionlik haqidagi imkoniyatlarini baholadi.
«Skudetto? — Keling, o‘yinlarga e’tibor qaratishda davom etamiz. Keyin nima bo‘lishini muxlislar kuzatadi.
Fiorentina bilan bahs? — bu meni o‘yga soladi. Bu yerda ajib tuyg‘ular qolgan. Bu jamoa muxlislariga menga yordam berganliklari uchun rahmat aytaman.
Men Florensiyada ajoyib yillarni o‘tkazdim va ular doim yuragimda qoladi», — dedi Vlaxovich.