Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

O‘sha mashhur Demba Ba yodingizdami?

O‘sha mashhur Demba Ba yodingizdami?

Baho:
+ | -

Hujumchi Demba Bani eslaysizmi? Sentyabr oyida 36 yoshli senegallik faoliyatini yakunlagan edi. Ayni dam Demba futboldan uzoqda bo‘lmagan holda o‘zida yangi yumushlarni sinab ko‘rmoqda. U televideniyeda mutaxassis sifatida ishlayapti. Ba birinchi eshittirishidayoq tomoshabinlarni hayratda qoldira oldi. To‘g‘ri, noyob tahlillari bilan emas, balki yangi soch turmagi bilan.

Faoliyati davomida Ba shunday ko‘rinishda bo‘lganini hisobga olsak, bu g‘ayrioddiy ko‘rinishi mumkin.

Ammo Baning sovuqqonligini eslash uchun yaxshi sabablar yetarli. 2010 yillarning boshida senegallik futbolchilar Premyer-ligada ancha yorqin porlashdi va umuman olganda, Baning yo‘li ham juda qiziqarli bo‘lib chiqdi. Angliya va Germaniyadagi mavsumlarni barcha juda yaxshi xotiralar bilan eslasa kerak. Faoliyati tugaganidan keyin unga Moskvaning «Lokomotiv» klubidan taklif kelib tushgan.

2007 yilda «Xoffenxaym» bosh murabbiyi Ralf Rangnik senegallikning o‘yinini yoqtirib qoldi, o‘shanda Demba bo‘shab qolgan pozisiyada liderlikni o‘z qo‘liga olgandi. To‘rt yildan so‘ng hujumchi Angliyaga yo‘l oldi. 2011 yilning yanvarida Ba «Vest Xem» safiga kelib qo‘shildi va atigi olti oydan so‘ng londonliklar quyi ligaga tushib ketgani sababli «Nyukasl»ga ko‘chib o‘tdi. U yerda o‘z mahoratini yanada oshirib bordi. Baning Papiss Sisse bilan vujudga keltirgan super tandemi jamoa muxlislari yodida abadiy qoladi.

Ba gollar urishda davom etdi va 2013 yilning yanvarida «Chelsi»ga o‘tdi: u yerda senegallik u qadar ko‘p marta asosiy tarkibdan o‘rin olavermadi. Ammo baribir klub tarixida afsonaviy iz qoldirdi. Barcha muxlislar Stiven Jerrardning maydonda sirpanib ketgandagi xatosidan keyin Demba Baning «Liverpul» darvozasiga tarixiy golni urganini albatta eslashsa kerak.

Qizig‘i shundaki, Baning o‘zi dastlab urgan golini ancha past baholagan. U buni shunday eslaydi: «Men bu golning qadr-qimmatini bir necha yildan, odamlar bu haqda gapirishda davom etganidan keyin angladim va ular hali ham bu haqda gapirishmoqda. Bu meni xursand qiladi», - deydi Ba.

«Chelsi»dan keyin Ba bor e’tiborini pul ishlashga qaratdi desak to‘g‘ri bo‘ladi. U avvaliga Turkiyaga, keyinchalik esa Xitoyga yo‘l oldi. So‘nggi uch yil u Istanbulda o‘ynadi va hatto irqchilik bilan bog‘liq mojarolarga ham duch keldi. Lekin Ba barchasiga nisbatan jiddiy va sokin tempda munosabat bildirdi. Shundan so‘ng Shvesiyaning «Lugano» klubiga o‘tdi va uch o‘yindan keyin professional futbol bilan xayrlashdi.

«Barchaga minnatdorchilik bildirgan holda o‘z futbolchilik faoliyatimni yakunlaganimni e’lon qilaman. Qanday ajoyib sayohat! Ko‘p qiyinchiliklarni boshdan kechirganimga qaramay, futbol menga juda ko‘p ajoyib tuyg‘ularni hadya etdi. Muxlislarning ishtiyoqi va har bir goldan keyin tribunadagi shovqin-surondan tortib, maydon va uning tashqarisidagi insonlar bilan muloqotgacha. Barchasi mening qalbimda abadiy qoladi», - deydi Ba.

2021 yilning sentyabr oyida Rangnik Demba Bani «Lokomotiv»ga sport direktori lavozimiga chaqirayotgani haqida xabarlar tarqatdi. Ammo keyinchalik bular shunchaki mish-mish bo‘lib qoldi.

Kiritildi: 18:19, 27.02.2022.
O'qildi: 2938 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.