Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

"90min". Dunyoning eng yaxshi darvozabonlari (yangilangan)

"90min". Dunyoning eng yaxshi darvozabonlari (yangilangan)

Baho:
+ | -

Bilasizmi, aynan darvozabonlar borasida eng yaxshilarni tanlab olish doimo qiyin kechadi. Negaki, bu pozisiya egalari nisbatan barqaror harakat qiladi. Turli qarashlar mavjud bo‘lishiga qaramay, biz ular ichidan o‘n kishini tanlab oldik. Ular bilan quyida tanishishingiz mumkin.

Jordan Pikford – "Everton"

Garchand Pikfordning APLdagi asosiy faoliyati memlarga sabab bo‘lgan ersada, so‘nggi yillarda u o‘sa oldi. Pikford o‘z jamoasiga eng ko‘p foyda olib kelgan futbolchi sifatida qaraladi. Qolaversa, ushbu darvozabon Angliyaning asosiy posbonidir. Agarda Yevro-2020 finali inglizlar foydasiga hal bo‘lganida Pikford hatto milliy qahramon darajasiga chiqqan bo‘lardi. Afsuski, unday bo‘lmadi...

Yann Zommer – "Myunxengladbax"

"Borussiya M" klubi garchand kamtaringina byudjetga egalik qilsa ham, so‘nggi mavsumlarda Bundesligada raqobatbardosh jamoa sifatida shakllana oldi. Klubning himoyalanish uslubi ko‘pincha ularga natija taqdim etadi. Bunday taktikaga ega jamoalar esa albatta yaxshi darvozabonga ega bo‘lishi shart. Busiz bo‘lmaydi. Yann Zommer ana shunday talantlardan biridir. U o‘tgan yili Shveysariya terma jamoasi bilan birga Fransiyadek haybatli kuchni penaltilsr seriyasida turnirdan mosuvo qilgandi. Bu kabi ishlar esa Zommerning yordamisiz amalga oshmaydi. U bu mavsumda ham yuksalishda davom etadi.

Samir Xandanovich – "Inter"

"Inter" afsonalaridan biriga aylanib ulgurgan futbolchida so‘nggi paytlarda biroz pasayish kuzatilgandek bo‘ldi. Ammo bu narsa jamoasining ziyoniga ko‘p ham yurmadi. O‘tgan mavsumni chempionlik bilan yakunlagan "Nerazzurilar", nimalarga qodir ekanini isbotlab berdi. Ularning ichida Xandanovich ham bor edi va u katta ko‘lamdagi vazifani bajardi. Chempionlik Samir faoliyatidagi ilk katta sovrin hisoblanadi. Balki u bu mavsum ham nimalargadir umid qilsa bo‘lar...

Voysex Shesni – "Yuventus"

Turin klubi darvozasi ishonchli qo‘llarda edi. Ammo Shesni vaqtida Buffondan asosiy postni tortib ola bildi. Bu oson bo‘lmagani aniq, albatta. Polsha terma jamoasi a’zosi Italiyada ilk bor "Roma" tarkibida ko‘rinish beradi. U 2015 yilda "Arsenal"dan Rimga kelgan edi. Keyinchalik esa "Yuventus"da porlay boshladi va buni davom ettirmoqda.

Emi Martines – "Aston Villa"

Ha, so‘nggi ikki-uch yil Martines faoliyatida katta o‘zgarishlarga boy kechdi. U dastlab, 2020 yilda "Arsenal" safida Angliya kubogi hamda superkubogini qo‘lga kiritdi. "Aston Villa"ga o‘tib, yorqin porlab chiqdi. Buning natijasida esa Argentina termasida asosiy posbonga aylandi. O‘tgan yozda u jamoasi bilan Kopa Amerika g‘olibiga aylandi. Bu orqali Martines Messi hurmatini qozona oldi.

"Mark-Andre ter Shtegen – "Barselona"

Nemis futbolchisi darvozabonlarga xos bo‘lgan barcha xususiyatlarga ega. Ayniqsa, hujim chizig‘iga to‘pni uzatib berishni, ter Shtegen Andrea Pirlo kabi amalga oshiradi. Uzoq yillardan beri "Barselona" birinchi raqamini o‘ziniki qilib kelayotgan posbon dunyoning eng yaxshisi sifatida e’tirof etilishi bejiz emas. Albatta, ayni damda "Barsa" qayta qurishga muhtoj va shunday ham qilinmoqda. Ammo darvozabon joyi o‘zgarmas. Shunday ekan, uni o‘zgartirishga hojat yo‘q.

Ederson – "Manchester Siti"

Pep Gvardiola Edersonni "Man Siti"dagi eng yaxshi penalti tepuvchi qilishi haqida aytganda, hamma unga ishongan edi. Darhaqiqat, braziliyalik futbolchi shu qobiliyatni ham yaxshi o‘zlashtirdi. Ederson o‘ta sifatli posbon va bu uning natijalarida o‘z aksini topmoqda. Gvardiola undan hatto so‘nggi himoyachi sifatida ham foydalanadi. Ushbu jihat Edersonning qadrini oshiradi.

Eduar Mendi – "Chelsi"

"Chelsi"ning birinchi raqamli posboni bo‘lishga ulgurgan Mendi, jamoaga yaxshi moslashib keta oldi. U qisqa vaqt ichida Londonda muvaffaqiyatga erishdi. Senegal terma jamoasi a’zosi Tomas Tuxel davrida o‘sib bormoqda. Uning Afrika hamda Jahon chempioniga aylangani, eng yaxshi darvozabonligini yana bir bor isbotlaydi. Shunday ekan, u ro‘yxatda bo‘lishga loyiq.

Alisson Beker – "Liverpul"

"Liverpul" Alisson uchun 2018 yilda 70 million funt sarflaganida, butun media olami jar solgandi. O‘shanda sobiq "Roma" darvozabonining qobiliyati shubha ostiga qo‘yiladi. Ammo o‘tmishda jamoa ustidan kulganlar endi nima derkin?
Braziliya terma jamoasi a’zosi avvalgi posbon yo‘l qo‘ygan xatolarni yopdi. U ham himoyachi rolini ham klassik darvozabon vazifasini qoyilmaqom qilib bajara oladi. Beker "Liverpul"ga kelganidan buyon jamoani APL, Yevropa hamda Jahon chempioni qilishda beqiyos hissa qo‘shdi. Shu sabab u o‘ziga sarflangan pullarni to‘liq oqladi, deyish mumkin.

Manuel Noyer – "Bavariya"

Noyer bugungi zamonaviy futboldagi darvozabon vazifalarini qayta taqsimlashda katta rol o‘ynagan. U hozir ham dunyoning eng yaxshi "tozalovchi-darvozaboni" sifatida tan olinadi. Ha, uning davri o‘tib bormoqda. Ammo yaqin o‘tmishda nemis futbolchisi yutmagan sovrin qolmadi-da. Bizningcha, har jihatdan Noyer hali ham top!

 


Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: 90min.com
Kiritildi: 22:00, 27.02.2022.
O'qildi: 2963 marta.
Fikrlar: 18 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.