Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/03 00:45 Milan 1-0 Inter
09/03 01:00 Valensiya 3-2 Alaves
10/03 00:45 Lasio 2-1 Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol 1-1 Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi - Andijon
10/03 19:45 Mash’al - Qizilqum
10/03 20:00 Paxtakor - Navbahor
11/03 16:30 Surxon - Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro - Xorazm

«Dinamo» yangi futbolchilarini qachon ommaga tanishtirishi ma’lum bo‘ldi

«Dinamo» yangi futbolchilarini qachon ommaga tanishtirishi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

2022 yilgi yangi futbol mavsumiga o‘zgacha ruh va shukuhda tayyorgarlik ko‘rgan «Dinamo» jamoasi o‘z an’anasiga ko‘ra, chempionat o‘yinlari oldidan yangi futbolchilari taqdimotini o‘tkazadi.

Tanishtiruv marosimi 28 fevral, dushanba kuni soat 18:00da Samarqand shahridagi «Yoshlar markazi» katta zalida boshlanadi.

Tadbirda jamoa a’zolari, viloyat hokimligi, homiy va mutasaddi tashkilotlar rahbarlari, muxlislar, Samarqand futbol jamoatchiligi ishtirok etadi. Unda klub bosh murabbiyi Predrag Rogan tanishtirilib, «Dinamo» futbolchilariga yangi liboslar topshiriladi.

«Dinamo» jamoasi barcha muxlislarni hamda OAV vakillarini taqdimot marosimiga taklif etadi.

Zalga tibbiy niqob bilan kelish tavsiya etiladi. Muxlislar soat 17:00dan boshlab zalga kiritiladi.

Manba: "Динамо" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 23:18, 27.02.2022.
O'qildi: 1415 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.