Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

O‘zbekiston dzyudo federasiyasi yevropalik mutaxassis bilan shartnoma imzoladi

O‘zbekiston dzyudo federasiyasi yevropalik mutaxassis bilan shartnoma imzoladi

Baho:
+ | -

O‘z oldiga ulkan maqsadlar qo‘ygan O‘zbekiston dzyudo federasiyasi katta marralarni zabt etish yo‘lida yana bir muhim qadam tashladi. Federasiya xalqaro maydondagi natijalarni yanada kuchaytirish maqsadida germaniyalik mutaxassis bilan shartnoma imzoladi. Ushbu tadbir O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasida tashkil etildi. Unda MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, Qo‘mita vise-prezidenti, mamlakat dzyudo federasiyasi raisi Azizjon Kamilov va jamoamizda yangi ish boshlagan germaniyalik mutaxassis Marko Shpitka qatnashdi.

Dastavval, Oybek Kasimov o‘zbek dzyudosining so‘nggi yillarda erishayotgan ulkan muvaffaqiyatlari haqida to‘xtaldi.

“Dzyudo o‘zbek sportida muhim o‘ringa ega. Muhtaram Prezidentimizning qo‘llab-quvvatlashi bilan o‘zbek dzyudosi yildan yilga rivojlanishda davom etmoqda. Mustaqil O‘zbekistonimizning Olimpiya o‘yinlarida qo‘lga kiritgan ilk medali ham ushbu sport turiga to‘g‘ri keladi. So‘nggi Olimpiadalarda dzyudochilarimiz delegasiyamiz hisobiga qimmatli medallarni taqdim qilishmoqda. Hozirda afsonaviy Ilias Iliadis boshchiligidagi jamoamiz bu yil Toshkentda o‘tadigan jahon chempionati, Osiyo o‘yinlari va Parij-2024 Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘ryapti. Bu yo‘lda Siz kabi ulkan tajribaga ega mutaxassislarning yordami bizga juda ham as qotadi”, – dedi Oybek Kasimov.

Shundan so‘ng Azizjon Kamilov Marko Shpitkaning jamoamizdagi faoliyati, oldiga qo‘yilgan rejalar haqida to‘xtaldi:

“Janob Shpitka jahon dzyudosida ulkan tajribaga ega. Uning zimmasiga bir qator muhim vazifalar yuklatiladi. Jumladan, terma jamoalar uchun strategik rejalar ishlab chiqish, mashg‘ulotlar jarayonini yanada chuqur tahlil qilish, sport tibbiyotida erishilgan so‘nggi yutuqlarni terma jamoalarimizga olib kirish, ayollar dzyudosi rivojini yanada kuchaytirish va boshqalar. Ma’lumki, bu yil oldinda bizni ulkan startlar kutib turibdi. Ularda yuqori natijalarga erishish uchun jamoamizga Marko Shpitkadek mutaxassislarning xizmati ayni muddao bo‘ladi”.

O‘z o‘rnida, germaniyalik mutaxassis terma jamoamizda faoliyat boshlayotganidan xursand ekanini yashirib o‘tirmadi.

“Kuni kecha yakuniga yetgan Tel-Aviv “Katta dubulg‘a” turnirida xorijlik do‘stlarim O‘zbekiston terma jamoasida faoliyat boshlayotganimni eshitib, meni qutlashdi. O‘zbek dzyudosini katta kelajak kutmoqda. Yoshlaringizning texnikasi va g‘alabaga bo‘lgan shijoatiga doim qoyil qolganman. Yangi jamoada o‘zimni juda yaxshi his qilyapman. Oldimizga qo‘yilgan maqsadlar yo‘lida bor kuchimni ishga solaman”, – dedi germaniyalik mutaxassis.

Shu o‘rinda Marko Shpitkaning faoliyatiga nazar tashlasak. U 1971 yil Germaniyada tavallud topgan. Sportchilik faoliyati davomida Yevropa chempioni, jahon chempionati (1997) hamda Atlanta-1996 Olimpiya o‘yinlarining bronza medali sohibi bo‘lgan. Murabbiylik faoliyati davomida 2007-2019 yillar Avstriya terma jamoasida ulkan yutuqlarga erishdi. 7-dan qora belbog‘ sohibi.

U o‘tgan yil dekabr oyida Toshkentda o‘tgan kattalar o‘rtasidagi mamlakat chempionatida bahslarni bevosita kuzatib borib, terma jamoamizga nomzod sportchilar bilan yaqindan tanishgandi. U kabi mahoratli murabbiylarning terma jamolarimizga jalb qilinishini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2024 yil Parij shahrida (Fransiya) bo‘lib o‘tadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya o‘yinlariga O‘zbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash to‘g‘risida” PQ-5281 Qarorida ko‘rsatilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash yo‘lidagi ishlardan biri sifatida ham e’tirof etish mumkin.

Yangi murabbiy kelgach Ilias Iliadis jamoamiz bosh murabbiyi sifatida ishlashda davom etadi. Marko Shptika Kamol Murodov, Nurali Qobulov, Jamshid Xudoyberganov, Nellya Kiyamova, Rafgat Izmaylov, Iskandar Rasulov, Qahramon Nurillayevlar bilan murabbiylar shtabidan joy oladi va rejalarni muvofiqlashtirgan holda ishlashda davom etadi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 17:49, 28.02.2022.
O'qildi: 1075 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.