Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:30 So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor 2-0 Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona

Birinchi liga ishtirokchilari va Ikkinchi liga g‘oliblari O‘zbekiston kubogi saralashida qatnashadi

Birinchi liga ishtirokchilari va Ikkinchi liga g‘oliblari O‘zbekiston kubogi saralashida qatnashadi

Baho:
+ | -

"2022 yilgi mavsumda O‘zbekiston Professional futbol ligasi tomonidan o‘tkaziladigan musobaqalar reglamenti"ning 20.1-bandida Birinchi liga jamoalari hamda Ikkinchi ligalarning o‘z hududida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalari (faqat O‘FA qo‘ygan talablarni bajarganlar) O‘zbekiston kubogiga saralash uchrashuvlari orqali qo‘shilishi belgilangan.

Ayni vaqtda O‘zPFL Birinchi liga uchun ro‘yxatdan o‘tkazgan 16 ta klub orasida o‘z hududining Ikkinchi ligasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ayrim jamoalar ham mavjud: "Shahrihonchi" (Andijon), "Do‘stlik" (Farg‘ona), "Do‘stlik" (Toshkent), "Yunired" (Samarqand), "Qumqo‘rg‘on-1977" (Surxondaryo). Qolgan hududlar esa 2021 yilgi mavsumda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalaring O‘zbekiston kubogi musobaqasining saralash uchrashuvlarida ishtirok etish uchun sharoiti bor yoki yo‘qligiga aniqlik kiritib berishi so‘raladi.

Arizalar hududiy assosiasiyalar vise-prezidentlarning kafolat xati asosida shu yilning 6 mart sanasiga qadar qabul qilinadi. Musobaqa uchun futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni esa 7—20 mart kunlari oralig‘ida amalga oshiriladi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston kubogining saralash uchrashuvlari shu yilning 22—31 mart kunlari Toshkent shahrida markazlashgan holda tashkil etiladi.

Kiritildi: 19:10, 02.03.2022.
O'qildi: 1137 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик