Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-1 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon 3-0 Dinamo
23/11 17:30 Lester 1-2 Chelsi
23/11 18:00 Valensiya 4-2 Betis
23/11 19:00 Verona 0-5 Inter
23/11 20:00 Bornmut 1-2 Brayton
23/11 20:00 Arsenal 3-0 Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa 2-2 Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton 0-0 Brentford
23/11 20:00 Fulhem 1-4 Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko 2-1 Alaves
23/11 22:00 Milan 0-0 Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti 0-4 Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas 2-3 Malyorka
23/11 22:30 Jirona 4-1 Espanyol
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg 1-0 Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid
25/11 00:45 Lasio - Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze

Timur Kapadze “Olimpik” - “Surxon” o‘yinidan keyin nimalar dedi?

Timur Kapadze “Olimpik” - “Surxon” o‘yinidan keyin nimalar dedi?

Baho:
+ | -

Toshkentning “Olimpik” jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze Superliga 1-turidan o‘rin olgan “Surxon”ga qarshi o‘yindan so‘ng (0:0) o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

-“Yangi mavsum boshlangani bilan barchani tabriklab, hamma jamoalarga omad tilayman. O‘yin qiziqarli bo‘ldi. Birinchi o‘yin bo‘lgani uchun futbolchilarimizda kichik xatolar va kamchiliklar bo‘lsa ham, bir nechta yaxshi imkoniyatlar yarata olishdi, afsuski ulardan foydalana olmadik. Superligning havosi boshqa, bunday o‘yinlar futbolchilarga ancha foydali. Xatolardan to‘g‘ri hulosa chiqarib, yaxshi tomonlarimizni yanada kuchaytirishga harakat qilamiz.

“Bizga legionerlarni keragi yo‘q. Maqsadimiz shunday o‘yinlar orqali ularni yanada tajribaliroq qilish va ishonchlarini oshirish. “Surxon”ga qarshi o‘yinda raqib haqida to‘liqroq ma’lumot ololmadik. Bu bizga halaqit berdi. Ammo o‘yindan-o‘yinga yanada kuchayib borishimizga ishonaman. Bu o‘yindan avval futbolchilarda ruhiy kamchilik bor edi, umid qilam endi bunday holat takrorlanmaydi.

Jismoniy holatimiz mavsum boshi bo‘lgani uchun optimal holatda emasdur, buni ham keying o‘yinlarda to‘g‘irlashga harakat qilamiz. Birinchi bo‘limni yaxshi boshladik keyinroq ruhiy bosim orqali o‘yinimiz biroz chiqmadi. Umuman olganda, biz jismoniy tarafdan yaxshi harakat qildik. Ko‘rinib turibdi “Surxon” bosh murabbiyi jamoani jismoniy tarafdan ancha kuchli qilgan, ammo ular ko‘satgan futbol menimcha ispan futboli emas. Men ulardan kombinasion o‘yin kutgandim, ular esa ko‘proq uzun paslar orqali o‘ynashga harakat qilishdi.

Futbolchilarim bundan ham yaxshiroq harakat qila oladi. Bunga aminman, faqatgina bosim bugun ularga halaqit qildi. O‘yinni ko‘rib chiqib, xatolarimizni tuzatishga harakat qilamiz.
Tajribali futbolchilar bilan shartnoma imzolasak bo‘ladi, ammo bu bizga kerak emas. Superligada oson o‘yinlar yo‘q. Shunday o‘yinlar orqali jamoaga kerakli narsalarni olamiz”, - dedi Kapadze jurnalistlar bilan bo‘lgan suhbatda.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 07:30, 03.03.2022.
O'qildi: 1554 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.