Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

Yurtdoshlarimiz Osiyo chempionatini 15 ta medal bilan yakunlashdi!

Yurtdoshlarimiz Osiyo chempionatini 15 ta medal bilan yakunlashdi!

Baho:
+ | -

Toshkentda qilichbozlik bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati o‘z yakuniga yetdi. 8 kun davom etgan musobaqani yoshlar o‘rtasidagi jamoaviy dasturlar yakunlab berdi.

Ahamiyatlisi, o‘smirlarimiz musobaqa doirasida 12 ta medal jamg‘arishga erishgan bo‘lsalar, yoshlarimiz bu ko‘rsatkichni uchtaga yaxshilashga erishishdi. Bugungi bahslarda qayd etilgan natijalarga to‘xtaladigan bo‘lsak, barcha jamoalarni mag‘lub etgan shpagachi qizlarimiz oltin, finalda biroz omad yetishmagan rapirachi yigitlarimiz kumush medalga sazovor bo‘lishdi.

Qilichbozlik bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi OCH.
Qizlar, Shpaga:
1. O‘zbekiston
2. Hindiston
3. Qozog‘iston

Qizlar, rapira
1. Gonkong
2. Qozog‘iston
3. BAA

Yigitlar, rapira:
1. Gonkong
2. O‘zbekiston
3. Hindiston

Yakunda 5 ta oltin, 3 ta kumush va 7 ta bronza medallarini jamg‘argan yoshlarimiz umumjamoa hisobida qit’a birinchiligini ikkinchi o‘rinda yakunlashdi. Bu borada birinchi o‘rin gonkonglik qilichbozlarga nasib etdi. Hamyurtlarimiz qo‘lga kiritgan oltin medallar soni teng, faqat kumush medallar soni bo‘yicha kichik ustunlik sharqiy Osiyo jamoasini peshqadamga aylantirdi.

Medallar jamg‘arish bo‘yicha kuchli uchlik:
1. Gonkong – 5-4-4
2. O‘zbekiston – 5-3-7
3. Qozog‘iston – 1-3-2

Qayd etish joiz, o‘smirlar va yoshlar jamoalarimiz bu bilan Osiyo chempionatlarida o‘z tarixidagi eng yaxshi natijalarini qayd etdilar. O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi bunday ajoyib ko‘rsatkich bilan O‘zbekiston qilichbozlik federasiyasi, sportchi va murabbiylarimizni samimiy muborakbod etadi. 

Manba: Olympic.uz
Kiritildi: 20:00, 03.03.2022.
O'qildi: 1138 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.