Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni 0-2 Eron
30/01 13:00 Avstraliya 2-4 O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya 0-7 Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston 0-3 Yaponiya
31/01 00:45 Lasio 3-2 Jenoa
31/01 01:00 Espanyol 1-2 Alaves
31/01 13:00 Tailand - Vyetnam
31/01 13:00 Kuvayt - Livan
31/01 17:00 Indoneziya - Iroq
31/01 17:00 Qirg‘iziston - Janubiy Koreya
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem
01/02 00:45 Kalyari - Verona
01/02 01:00 Elche - Barselona
01/02 01:00 Liverpul - Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya - O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston - Avstraliya
01/02 17:00 Eron - Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni - Malayziya

Anvar Berdiyev: "Futbol emosiyalarga boy o‘yin. Yaratib berilayotgan sharoitlar uchun xomiylarimizga minnatdorchilik bildiramiz"

Anvar Berdiyev: "Futbol emosiyalarga boy o‘yin. Yaratib berilayotgan sharoitlar uchun xomiylarimizga minnatdorchilik bildiramiz"

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Pro-liganing 1-turidan o‘rin olgan "Sho‘rtan" - "Turon" (1:2) uchrashuvidan so‘ng "Turon" bosh murabbiyi Anvar Berdiyev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O‘yin haqida

- Avvalambor, barcha futbol muxlislarini yangi mavsum bilan tabriklayman. Bugun juda qiyin uchrashuv o‘tkazdik. Biz "Sho‘rtan"ga qarshi bahs oson kechmasligini bilardik va shunga mos tarzda tayyorgarlik ko‘rdik. Hammasi biz o‘ylagandek yakun topdi, g‘alabaga erishdik. Endilikda bu o‘yin tarixda qoladi. Oldimizda butun boshli mavsum kutib turibdi, tez fursatlarda navbatdagi o‘yin tayyorgarligini boshlashimiz lozim.

- Marlen Chobanovning harakatini qanday baholaysiz?

- Futbol bu - emosiyalarga boy o‘yin. Vaziyatni takroran ko‘rib chiqib tahlil qilamiz. Marlen Chobanov jamoamizga yangi mavsum oldidan kelib qo‘shildi. Oldinda hali bu futbolchining jamoamizga yordami tegishiga ishonamiz. Albatta, u bilan tushuntirish olib boramiz. Himoyachi vaziyatlarda sovuqqonlik bilan harakat qilishni ham bilishi kerak. Aytib o‘tganimdek, futbol emosiyalarga boy o‘yin. Ayrim vaziyatlarda futbolchi o‘zini boshqara olmay qoladi.

- Hisobda ortda borayotgan "Turon" o‘yin yakunida g‘alabaga erishdi. Bunga "Sho‘rtan"ning bo‘shashgani sabab bo‘ldi deb o‘ylaysizmi?

- Yo‘q, "Sho‘rtan" bugun juda yaxshi o‘yin ko‘rsatdi. G‘uzorliklarni uchrashuv davomida bo‘shashdi deb ayta olmayman. Men har doim jamoamiz futbolchilariga ta’kidlab kelaman, o‘yin hakam hushtagi chalinguniga qadar davom etadi. Vaziyat qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, oxirigacha o‘ynash kerak. Har bir vaziyatni e’tibordan chetda qoldirmay harakat qilgan jamoa g‘alaba qozonadi.

- Jamoaning hozirgi tarkibi Pro-ligada qanday natija uchun kurasha oladi deb o‘ylaysiz?

- Avvalo, bizga yaratib berilayotgan sharoitlar uchun klubimiz xomiylariga minnatdorchilik bildiraman. Xomiylarimiz biz istagan futbolchilarni jamoaga jalb etishdi, ayrim futbolchilarni tarkibda saqlab qolishdi. "Turon"da futbol o‘ynash uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Oldimizga yangi mavsumda Pro-ligada chempionlikni qo‘lga kiritgan xolda jamoani Superligaga qaytarish vazifasi qo‘yilgan. Biz barchamiz ushbu maqsadni amalga oshirish uchun astoydil harakat qilishga tayyormiz.

Manba: "Турон" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 19:01, 05.03.2022.
O'qildi: 926 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.