"Barselona" prezidenti Joan Laporta klubni boshqarish davrida yuz bergan eng yomon voqea nimaligini aytdi.
"Qaytib saylanganimga ham bir yil bo‘ldi, bu davr ichida klubda sodir bo‘lgan eng yomon voqea - Messining ketishi bo‘ldi.
Men bironta qilgan qarorimga achinmayman, hattoki u men uchun og‘ir bo‘lsa ham. Men har doim klubni hamma narsadan ustun qo‘yaman.
Klubda siz ko‘radigan yaxshi ishlardan biri bu - Xavi o‘zimizning futbolni klubga qaytaryotgani.
Men oldin ham aytgandim, Biz "Barselona" muxlislariga qaytib xursandchiligini qaytarishni umid qilganmiz. Hozirda men ko‘rishim mumkinki, umid sekin-asta xursandchilikga aylanmoqda. Chunki biz bu uchun har kuni, har soat, har lahza ishlamoqdamiz", - dedi Laporta.