Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut 0-0 Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi 1-2 Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl 3-0 Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest 1-0 Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton 0-1 Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester
28/12 00:30 Brayton - Brentford
28/12 01:15 Arsenal - Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter

Final ko‘z yoshlarga ishonmaydi

Final ko‘z yoshlarga ishonmaydi

Baho:
+ | -

Har qanday sport turida finalga chiqish o‘sha sportchi uchun katta mas’uliyat yuklaydi, xususan, futbolda ham. Biroq buning aksi bo‘lib chiqib, mag‘lubiyatga uchraydigan bo‘lsang, qanday his-tuyg‘ularning xayolda aylanishini tasavvur qilish qiyin emas.

Quyida o‘z faoliyati davomida hal qiluvchi o‘yinlarda boshqalarga qaraganda ko‘proq mag‘lubiyatga uchragan futbolchilar haqida to‘xtalib o‘tamiz.

Lotar Matteus - 5 mag‘lubiyat

O‘yinlar soni: 783
Klublari: 4 («Borussiya Myonxengladbax», «Bavariya», «Inter», «Nyu-York MetroStars»)

Milliy terma jamoasi: Germaniya

Lotar Matteus zamonaviy nemis futboli tarixidagi ajoyib yarim himoyachilardan biridir. Uning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, Lotar turli musobaqalarning naq beshta final bahsida ishtirok etgan. 1990 yilda Matteus Germaniya terma jamoasi bilan birgalikda jahon chempionligini qo‘lga kiritdi, ammo undan oldingi ikki urinish muvaffaqiyatsiz kechgan edi. O‘shanda 1982 va 1986 yillarda - hal qiluvchi bahslarda nemislar mag‘lub bo‘lgan.

Shuningdek, Matteus faoliyatidagi eng alamli mag‘lubiyatlardan biri bu 1998/99 yilgi Chempionlar ligasi finalidir. «Bavariya»ning «Manchester Yunayted»dan so‘nggi soniyalarda qabul qilib olgan mag‘lubiyati hech kimning yodidan chiqmaydi. O‘shanda «Bavariya» qo‘shimcha bo‘limlar boshlangunga qadar 1:0 hisobida g‘alaba qozonayotgan edi, biroq Sheringem va Sulsherning kutilmaganda kiritgan gollari Aleks Fergyuson jamoasiga qimmatli g‘alabani taqdim etgan. Matteus xotirasidan «Kamp Nou»dagi final voqealari hech qachon chiqib ketmasa kerak.

Aryen Robben - 6 mag‘lubiyat

O‘yinlar soni: 616
Klublari: 5 («Groningen», «PSV», «Chelsi», «Real Madrid», «Bavariya»)
Milliy terma jamoasi: Niderlandiya

Gollandiyalik ajoyib vinger Aryen Robben «Bavariya» bilan Chempionlar ligasida g‘alaba qozongan, bundan tashqari «Chelsi» bilan ham Angliya Premyer-ligasida ikki marta zafar quchgan, ammo Robbenning terma jamoadagi yo‘llari biroz notekis.

Aryen uchun eng alamli turnir shubhasiz, 2010 yilgi JCH finali bo‘lsa ajab emas. O‘shanda gollandlar hal qiluvchi bahsda Ispaniyaga imkoniyatni boy berib qo‘ygan edi. Xuddi o‘sha yilning may oyida u «Bavariya» tarkibida Chempionlar ligasi finalida «Inter»ga yutqazdi (0:2). Bundan tashqari, 2012 yilda Robben «Bavariya» bilan yana Chempionlar ligasining finaliga chiqdi, lekin u yerda ham «qizillar»ga omad kulib boqmadi. «Chelsi» penaltilar seriyasida raqibidan ustun kelgandi o‘shanda. Ammo oradan bir yil o‘tib, 2013 yilda, nihoyat, Aryen Yevropaning eng nufuzli klublar turnirida g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldi. «Bavariya» Dortmundning «Borussiya»sini mag‘lub etgan oqshom Robben hal qiluvchi gol muallifiga aylangan (2:1).

Maykl Ballak - 8 mag‘lubiyat

O‘yinlar soni: 604
Klublari: 5 («Xemniser», «Kayzerslautern», «Bayer», «Bavariya», «Chelsi»)
Milliy terma jamoasi: Germaniya

Maykl Ballakni so‘nggi bir necha o‘n yillikdagi eng yaxshi nemis yarim himoyachilaridan biri deb atash mumkin. Maykl to‘rt marta Germaniya chempionligini qo‘lga kiritgan va bir marta Angliya chempioni bo‘lgan. Ammo Ballakka Chempionlar ligasida zafar quchish nasib qilmagan.

Maykl ikki marta Chempionlar ligasining hal qiluvchi o‘yinlarida mag‘lub bo‘lgan (2002 yilda «Bayer» bilan va 2008 yilda «Chelsi» bilan), bir marta Jahon chempionati (2002) va Yevropa chempionati (2008) finallarida mag‘lub bo‘lgan. Agar Ballak o‘z jamoalari bilan ushbu turnirlarning barchasida g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘lganida, u shubhasiz, zamonamizning eng buyuk futbolchilaridan biri bo‘lar edi.

Patris Evra - 9 mag‘lubiyat

O‘yinlar soni: 725
Klublari: 8 ta
Milliy terma jamoasi: Fransiya

Fransiyalik chap qanot himoyachisi Patris Evraning faoliyati juda yorqin voqealarga boy bo‘ldi. U Italiya, Fransiya va Angliyaning sakkiz xil jamoalarida o‘ynagan, o‘z mamlakati terma jamoasida 81 ta o‘yin o‘tkazgan, shuningdek, individual va jamoaviy mukofotlari bilan maqtana oladi.

Evra «Manchester Yunayted» bilan birga APLda 5 marta chempionlikni qo‘lga kiritgan. U 2008 yili Chempionlar ligasi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionati finallarida ham oltin medalga sazovor bo‘lgan. Keyinchalik futbolchi «Yuventus»ga ko‘chib o‘tdi va u yerda ham beshta sovrin yutishga erishdi. Ularning ichida ikkita «skudetto» ham bor. Biroq, Patrisning bu orada juda ko‘p mag‘lubiyatlarga uchraganini ham ta’kidlash joiz. U o‘ynagani jamoalar naq to‘qqizta finalni boshlari egik holda tark etgan.

Evra uchun eng alamli mag‘lubiyat, albatta, o‘z vatani mezbonlik qilgan Yevro-2016 turniridir. O‘sha finalda «uchranglilar» Portugaliyaga qo‘shimcha daqiqalarda imkoniyatni boy berib qo‘ygan edi. Evra uchun Chempionlar ligasining hal qiluvchi bahslari qo‘rqinchli tushga aylangan desak mubolag‘a bo‘lmaydi. U naq to‘rt marta (!!!) shalpangquloq kubokning shundoq yonginasidan o‘tib ketishga majbur bo‘lgan. «Monako» bilan 2004 yil, 2009-2011 yillarda «Manchester Yunayted» va 2015 yilda «Yuventus» bilan ushbu voqealar sodir bo‘lgan edi.

Xavyer Maskerano - 11 mag‘lubiyat

O‘yinlar soni: 837
Klublari: 7 ta
Milliy terma jamoasi: Argentina

Ikki karra Olimpiya chempioni bo‘lgan Xavyer Maskerano, afsuski, Argentina terma jamoasi bilan muhim titul yutishning uddasidan chiqmagan. Maskerano faoliyatidagi asosiy mag‘lubiyat bu yuqorida aytib o‘tilgan Germaniyaga qarshi 2014 yilgi jahon chempionati finalidir.

Klub miqyosida Maskeranoning faoliyati turfa voqealarga boy bo‘lgan. U ikki Yevropa giganti tarkibida o‘ynadi va «Barselona» bilan 19 ta sovrin yutishga muvaffaq bo‘ldi, shu jumladan ikki marta Chempionlar ligasida g‘alaba qozondi. Maskerano o‘zining ilk yevrokubok finalida, 2007 yili «Liverpul» safida «Milan» bilan bahsda imkoniyatni boy bergan. Bundan tashqari uning hisobida Argentina bilan Amerika Kubogi finalidagi naq to‘rtta mag‘lubiyat (2004, 2007, 2015, 2016) ham bor.

Lionel Messi - 12 mag‘lubiyat

O‘yinlar soni: 805
Klublari: 2 («Barselona», «PSJ»)
Milliy terma jamoasi: Argentina

Mag‘lubiyat buyuklarni ham chetlab o‘tmaydi. Jumladan, Lionel Messi ham bundan mustasno emas. Butun futbol tarixidagi eng buyuk futbolchilardan biri sanalagan Messiga ham Argentina terma jamoasi tarkibida Jahon chempioni bo‘lish nasib etmagan. Xabaringiz bor, o‘tgan yili Leo nihoyat, Kopa Amerikani zabt etdi, biroq naq beshinchi urinishda. Ko‘rib turganingizdek, bundan oldingi to‘rt final Leo ko‘zyoshlariga burkangan edi.

Umuman olganda, Messining shaxsiy va jamoaviy sovrinlari shunchalik ko‘pki, ular Leo yutqazgan finallarni osonlikcha berkitib ketaveradi. Zero, yetti karra «Oltin to‘p» sohibi bunga loyiq.

Janluiji Buffon - 15 mag‘lubiyat

O‘yinlar soni: 951
Klublari: 3 («Parma», «Yuventus», «PSJ»)
Milliy terma jamoasi: Italiya

Turinliklar kelishilgan o‘yinlarda ayblanib, A Ceriyadan pastki divizionga tushirib yuborilganida Buffon jamoasiga sodiq qolgan. Afsonaviy italyan darvozaboni so‘nggi yigirma yil davomida klubining ramzi bo‘lib keldi. Mutoyiba bilan aytganda uning faoliyatida sodir bo‘lmagan voqelikning o‘zi yo‘q - shonli g‘alabalardan tortib, alamli mag‘lubiyatlargacha. Jiji Italiyada 10 marta chempion bo‘lgan. 2006 yilgi Jahon chempionatida milliy terma jamoasi bilan ko‘rsatgan o‘yinlari alohida e’tiborga molik.

Buffon uchun eng sharmandali mag‘lubiyatlardan biri ehtimol, Yevro-2012dagi bahs bo‘lsa kerak. O‘shanda italyanlar Ispaniya tomonidan mahv etilgan (0:4), Janluiji o‘shanda jamoasi sardori edi. Qolaversa, Buffon o‘z tarixida hech qachon Chempionlar ligasida g‘olib chiqman. U «Yuventus» bilan uch marta ushbu musobaqa finaliga yo‘l olgan, lekin har safar undan omad yuz o‘giravergan.

Yusufbek Saydaliyev tayyorladi

Kiritildi: 09:47, 08.03.2022.
O'qildi: 2507 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.